Futzal. Ahad Yusupov: "Bugun tajriba o'z so'zini aytdi"
18 mar 2014 20:42
Yangiliklar

Futzal. Ahad Yusupov: "Bugun tajriba o'z so'zini aytdi"
Bugun bo'lib o'tgan O'zbekiston chempionati yarim finalining javob uchrashuvida "Lokomotiv" jamoasi "Bunyodkor"ni mag'lub etib, finalga yo'l oldi.
"Temiryo'lchilar" ustozi Ahad Yusupov o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Bugungi o'yin shogirdlarim uchun juda ham qiyin o'tdi. Kechagi uchrashuvdagi yirik g'alabadan keyin futzalchilarimiz hotirjamlikka berilishdi va maydon qilishlari zarur bo'lgan ishni bajarishmadi. Bundan tashqari, biz bugun oddiy vaziyatlarda gol o'tkazib yubordik. Ketma-ket hujumlar uyushtirayotganimizda kutilmaganda to'p o'tkazib yuboraverdik.
Jamoamiz "Bunyodkor"ga qaraganda ancha tajribali bo'lgani uchun ham vaziyatlardan foydalanish evaziga bugun g'alabani ilib ketdik.
- "Bunyodkor"dan bunday jiddiy qarshilikni kutganmidingiz?
- Yarim finalda kuchsiz jamoa bo'lmaydi, shunday ekan "Bunyodkor" o'z imkoniyatlaridan foydalanib g'alaba qozonmoqchi edi. Ammo, boya aytganimdek, bugun tajriba o'z so'zini aytdi.

Fikrlar