So’nggi yangiliklar

18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  0 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  2 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0

Futzal. 1-turda yirik g'alabani qo'lga kiritgan O'zbekiston termasi Tojikistonga qarshi o'yin oldidan mashg'ulot o'tkazdi Yangiliklar

Futzal. 1-turda yirik g'alabani qo'lga kiritgan O'zbekiston termasi Tojikistonga qarshi o'yin oldidan mashg'ulot o'tkazdi

Futzal bo'yicha Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli boshlagan O'zbekiston terma jamoasi “B” guruhi 2-turiga tayyorgarlikni boshladi.

Dastlabki turda vakillarimiz Janubiy Koreyani 13:2 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.

Bahodir Ahmedov shogirdlari bugun, mahalliy vaqt bilan 12:30 da Hsing Wu universitetiga qarashli sport majmuasiga etib keldi va 1,5 soat davomida mashg'ulot o'tkazdi. Mashg'ulot davomida murabbiylar shtabi standart vaziyatlar bilan ishlashga alohida etibor qaratdi.


Xitoy Taypeyida havo harorati +13 daraja iliq, yomrig' tinimsiz yog'moqda. Futzalchilar Tojikiston bilan o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rishmoqda. Murabbiylar shtabi Yaponiya va Tojikiston uchrashuvini tahlil qildi va ertaga o'yin oldidan o'yinchilarga kerakli ko'rsatmalar beradi.

Eslatib o'tamiz, Osiyo chempionati “B” guruhi 2-turidan o'rin olgan O'zbekiston va Tojikiston uchrashuvi ertaga, 3 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 13:30 da boshlanadi.

Futzal bo'yicha OCH–2018
1 fevral, payshanba
1-tur natijalari

O'zbekiston – Janubiy Koreya 13:2
Yaponiya – Tojikiston 4:2

Guruhdagi qolgan o'yinlar taqvimi

3 fevral, shanba

13:30 Tojikiston – O'zbekiston
16:00 Janubiy Koreya – Yaponiya

5 fevral, dushanba

13:30 O'zbekiston – Yaponiya
16:00 Tojikiston – Janubiy Koreya

Eslatma: Uchrashuvlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика