So’nggi yangiliklar

07:53Аббосбек Файзуллаев РПЛда тур рамзий жамоасидан ўрин олди  0 07:23Про лига. Бугун 22-турнинг сўнгги учрашуви бўлиб ўтади  0 01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  4 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  0 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  4 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  7 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  12 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  7 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  2 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0

Futbolchilarni tishlarini yuvishga majburlaydi, mashg'ulotlarni dronda suratga oladi, Injildan iqtiboslar keltiradi. Husayn Norchaev klubiga bosh murabbiy bo'lgan murabbiy haqida nimalarni bilish kerak? Yangiliklar

Futbolchilarni tishlarini yuvishga majburlaydi, mashg'ulotlarni dronda suratga oladi, Injildan iqtiboslar keltiradi. Husayn Norchaev klubiga bosh murabbiy bo'lgan murabbiy haqida nimalarni bilish kerak?

"Rus Marselo Belsa" laqabli Evgeniy Kaleshin bilan tanishamiz.

Kecha "Alaniya"ga Evgeniy Kaleshin bosh murabbiy etib tayinlangani malum bo'ldi. Vladikavkaz klubida uning qo'l ostida hamyurtimiz Husayn Norchaev ishlaydi. Xo'sh, Kaleshin haqida esa nimalarni bilishimiz kerakligi haqida gaplashamiz.

Evgeniy Kaleshin – sulola futbolchisi. U o'yinchi sifatida "Tom", "Krasnodar", "Alaniya" va boshqa ko'plab klublarda harakat qilgan. Evgeniyning hisobida RPL va MFLda 450dan ortiq o'yinlar bor. Uning bobosi va otasi ham professional darajada futbol o'ynagan. Evgeniyning "Kuban", "Rubin" va "Krasnodar"da o'ynagan Vitaliy ismli ukasi bor.



Evgeniy Kaleshin faoliyati yakunida murabbiy bo'ldi. U "Krasnodar"ning ikkinchi jamoasida boshladi, shundan so'ng uzoq vaqt davomida "Kuban"da ishladi. Keyinchalik Evgeniyni "Baltika"ga taklif qilishdi va u erda ilk bor murabbiylik iqtidori uchun maqtov oldi. Kaleshin Kaliningrad klubini MFL autsayderidan RPLga chiqish uchun davogarga aylantirdi. "Baltika" ikki bor Rossiyaning oliy divizioniga chiqishga yaqin edi, ammo har safar biroz etmadi.

Ammo, Kaleshinga ko'proq mashhurlikni "Akron"dagi ishi taqdim etdi. Tolyattidagi xususiy klub kamtargina byudjeti va unchalik ham yulduzli bo'lmagan tarkibi bilan Rossiya kubogining yarim finaliga qadar etib bordi. "Akron" turnir davomida "Spartak", "Dinamo" va "Lokomotiv"ni musobaqadan chiqarib yubordi, finalga bir qadam qolganda esa "Krasnodar"ga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi. SHundan so'ng Kaleshin haqida Rossiyaning eng istiqbolli murabbiylaridan biri sifatida gapirishdi.

Evgeniyni rus matbuotida bazida "rus Marselo Belsasi" deya atashadi. Kaleshin argentinalik murabbiyning ishidan rohatlanishini yashirmaydi. "Men bu nomga xotirjamlik bilan qarayman, bunda hech qanday yomon narsa yo'q. Hattoki bu balki kichik avansdir. Sababi bu shaxs men uchun nafaqat murabbiy sifatida, balki inson sifatida ham mo'ljaldir. Unga o'xshashni xohlayman, shu sabab bu erda hech qanday yomon narsa yo'q. Aksincha, hattoki menga yoqimli ham", - dedi Kaleshin intervyulardan birida.



Evgeniy bir marta o'sha paytda "Lill"da ishlagan Belsaning oldiga amaliyotga borishi kerak edi, ammo rus murabbiyi hujjatlarni rasmiylashtirayotganda argentinalikni klubdan istefoga chiqarishdi. Kaleshin yakunda "Sampdoriya"ga Marko Jampaoloning yoniga amaliyotga yo'l oldi. Evgeniy hech qachon Italiyada o'ynamagan, ammo o'zi uchun italyan tilini o'rgangan. "Italyan tilida biroz gaplashaman, ammo men bilan barchasini so'zma-so'z tarjima qilgan tarjimon bor edi. Menda murabbiy bilan ikki soatlik uchrashuv bo'lib o'tdi, shunday ekan xohlaganingni so'ra. SHu bilan birga barcha xodimlar bilan gaplashishim mumkin edi, meni kiyin almashtirish xonasiga qo'yishdi. Guruh bo'lib amaliyotga borganda bunaqasi kamdan-kam sodir bo'ladi. "Sampdoriya" menga sovg'a ham tayyorladi: "Yuventus" – "Roma" o'yiniga ikkita chipta. O'shanda men bilan rafiqam uchib kelgandi va biz poezdda o'yinga yo'l oldik. Juda ham ajoyib munosabat", - deydi Kaleshin.

Kaleshin aynan o'sha amaliyotda mashg'ulotlar dronda suratga olinayotganini ko'rdi. Uyga qaytgan Evgeniy birdaniga mashg'ulotlar jarayonini o'z jamoasiga olib kirdi. Murabbiy o'sha erda yana bir necha qiziqarli jihatlar, masalan tupurukni tahlil qiladigan narsani ko'rdi. "Tupuruk testosteron darajasini ko'rsatadi. SHu yo'l bilan futbolchining yuklamadan so'ng qanchalik yaxshi tiklanganini aniqlash mumkin", – deya tushuntirdi Kaleshin.

Bundan tashqari, Evgeniy mashg'ulotlardan so'ng o'yinchilariga tishlarini yuvishga majburlaydi: "Og'izdagi shilliq qavat mashg'ulotlardan so'ng ishqorli bo'ladi. Bundan qanchalik erta xalos bo'lsang miya shunchalik tezroq glikogenning tiklanishini qabul qiladi. 30 daqiqaga kechiksang – sekinroq tiklanasan. Yig'inlarda esa ikkitadan mashg'ulot bo'lib o'tadi va ular orasidagi to'rt-besh soatni maksimal foyda bilan o'tkazish muhim".



Ammo, Kaleshinda eng noodatiy amaliyot bo'lgan... xokkey klubida! Evgeniy bir yil oldin xokkeydagi "Torpedo"da murabbiylik ishining sirlarini bilish uchun Nijniy Novgorodga yo'l oldi. Jamoa bosh murabbiyi Igor Larionov hisoblanadi – u MXL tarixidagi eng yaxshi rus xokkeychilaridan biridir. Larionovni noyob intellekti va muz ustida ko'rsatadigan noodatiy aqlli o'yini uchun okean ortida "Professor" deb atashgan.

Kaleshin xokkey va basketbolga juda ham qiziqishini tan olgan. "MXLdagi ilk finalimni 1994 yilda ko'rganman. Larionov "Torpedo"ni shug'ullantirayotganini bilganimda borish kerak dedim! U Venger va Gvardiolaning oldiga amaliyot uchun borganini aytgan. Uning jamoasi xokkeyni futbolchasiga o'ynaydi: mudofaadan faqat pas orqali chiqiladi. Larionov futbolda juda ham malakali. Barchasini tushunadi, mashg'ulotlar jarayoniga qiziqadi. U bilan suhbatda murabbiylar shtabimiz to'g'ri yo'lda ekanligini tushundim. "Torpedo"da ham ovqatlanish, tiklanish va o'yinchi bilan bog'liq har bir detallarni kuzatishadi", - Kaleshin.

Evgeniy Kaleshin juda ham dindor inson. "Hech bo'lmasa kunda bir marta [Injilni] o'qishga harakat qilaman. Hatto "Spartak" bilan o'yin oldidan o'yinchilarga: "Xudo Injilda 365 bor "qo'rqma" deb aytgan dedim. Har kuni bir martadan. SHunday ekan, nimadan qo'rqishimiz kerak", - dedi Kaleshin.


Evgeniy Kaleshin – juda qiziqarli va istiqbolli murabbiy. Husayn Norchaevning uning qo'l ostida "Alaniya"da ko'proq o'yin amayotiga ega bo'lishiga umid qilamiz.


Nikolay Egorichev tayyorladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика