So’nggi yangiliklar

00:34ЎФА собиқ халқаро бўлими раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  0 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  0 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  88 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  4 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  0 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  1 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  0 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" – "Нефтчи" 0:1   2 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  0 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  40 20:56Суперлига. "Машъал" бир киши кам "Бухоро"ни мағлуб эта олмади  16 20:25"Ал Аҳли" устози: "Ультрас" бизга ҳеч қандай босим ўтказмайди. Бундай мухлислар кўз ўнгида футбол ўйнаш ёқимли"  13

Futbolchi milliy jamoadan chaqiruv olishi uchun 15 ming dollar to'lashi kerak bo'lgan... Yangiliklar

Futbolchi milliy jamoadan chaqiruv olishi uchun 15 ming dollar to'lashi kerak bo'lgan...

Bazida bu mamlakat futbolini tozalagandan ko'ra, taqiqlab qo'yish osonroq tuyiladi.

Xitoyning kommunistik partiyasi raisi mamlakat futbolini botqoqdan olib chiqishi haqida...


Bazida Xitoy futbolini tozalashdan ko'ra, taqiqlab qo'yish osonroq tuyiladi. Kelishilgan o'yinlarni aniqlash uchun to'rt yil jiddiy tekshiruvlar o'tkazildi (2009-2013) va natijada "SHanxay SHenxua"ning chempionlik sovrini bekor qilindi, 50 dan ortiq hibslar amalga oshirildi, 33 nafar futbolchi, hakam, va top-menejerlar butun umrga futboldan chetlatildi. Jinoiy ish dalillari hammani hayratga solar edi - masalan, 2009 yilda milliy chempionatining 30% o'yinlari kelishilgan ekan, chunki futbolchilarga pul etishmagan. Bir futbolchi oyiga o'rtacha 200 funt ishlardi, bir kelishilgan o'yin uchun esa o'yinchi 5 ming ishlab olishish mumkin bo'lgan.

Poralar oldida hech kim o'zini tutib tura olmas edi. Xitoy futbol federaciyasining ikki sobiq prezidenti va terma jamoa sobiq sardori 10,5 yilga qammoq jazosiga hukm qilindi. Terma jamoaning yana to'rt nafar futbolchisi 6 yilgacha ozodlikdan mahrum etish va jarimalar bilan jazolandi. JCH2002da ishlagan va ikki marotaba Osiyoning eng yaxshi hakami bo'lgan Lyu Yunga xatto o'lim jazosi xavf solgan. U chempionatning etti uchrashuvida pora olgani uchun eng jiddiy jazoga loyiq topilishi mumkin edi, ammo sud uni 5,5 yillik qamoq jazosi va 128 ming dollar jarima bilan "siyladi".

Xitoy terma jamoasida tartibsizliklar avj olgan edi. Futbolchi milliy jamoadan chaqiruv olishi uchun 15 ming dollar to'lashi kerak bo'lgan, zaxirada o'yinga qo'shilishi uchun esa 18 ming. Ko'pchilik futbolchilarda bunday pul yo'q edi, ammo imkoniyati borlar va narxlardan xabardorldar bundan bazida foydalanardi.

Bunday betartib tizim bilan terma jamoadan ijobiy natija kutib bo'lmas edi. Xitoy botqoqqa botdi va o'zidan juda kuchsiz sanalgan Tailandga yirik hisobda (1:5) mag'lub bo'ldi. O'zini xo'rlangandek his qilib turgan muxlislar uchun bu so'nggi tomchi edi: Ular stadion hududini tark etmay, avtobus yo'lini to'sib olishdi va terma jamoani "shirin so'zlar" bilan haqorat qilishdi. Avtobus bir amallab yo'lga chiqib olganida tartibsizliklar boshlandi. Ishqibozlar mashinalarga zarar etkazishar, tosh va shisha idishlar otishar edi. Natijada 100 kishi turli darajadagi tan jarohatlari oldi.


Keyinroq xitoylik futbolchilar yozma ravishda uzr so'rashdi, ammo kech edi. Tailanddan uchralgan mag'lubiyat va tartibsizliklar kommunistik partiya bosh kotibi va Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Czinpinga 60 yosh to'lgan kunda sodir bo'ldi. Bayram azaga aylandi va mamlakat rahbari futbolda o'zgarishlar amalga oshirish vaqti kelganini tushundi.


Si Czinpin rahbar bo'lishidan oldin o'z oldiga uch sport maqsadigi qo'ydi: Xitoyning jahon chempionatiga chiqishi, mamlkat JCH mezboniga aylanishi va jahon kubogini qo'lga kiritish. Keyinroq fantastik moliyaviy vazifa qo'shildi - davlat mablag'lari yordamida ichki sport bozorini rivojlantirish va 12 yildan so'ng uning yillik hajmini 800 mlrd. dollarga olib chiqish. Bu shunchaki ko'p emas, daxshatli darajada ko'p. Hozirgi kunda jahon sport sanoati 145 mlrd.ga baholanadi va bu 2025 yil Xitoy bo'lishi kutilayotgandan 5,5 baravar kam.

Si Czinpinga bu narsalar nega kerak? Buni amalga oshirish juda qimmatga tushadi, ikkinchidan islohotlar 10-12 yil deganda meva beradi, XXR raisi esa bu mansabga ko'pida 5 yildan 2 marotaba saylanishi mumkin. Buning hammasiga oddiy bir javob bor: Si Czinpin shunchaki futbolni va bu sport turi ishlari bilan mashg'ul bo'lishni juda yaxshi ko'radi.


O'z vaqtida Si Czinpin maktab jamoasida o'ynagan, hozir esa televizor orqali chet el chempionatlarini tomosha qiladi, unga APL ko'proq yoqadi. So'nggi yillarda Xitoy bosh siyosatchisining mashhur futbolchilar futbolkalarini yig'ish odati paydo bo'ldi. Rahbar ularni alohida shkafchada asraydi va futbolkalarni yashirib bo'lmas faxr bilan ko'rsatadi: Bu Bekxem ("Los-Anjeles Gelaksi", Devidning o'zi imzo chekib, sovg'a qilgan), mana bunisi Angliya terma jamoasi (barcha futbolchilarning imzosi bor, Buyuk Britaniya vaziri Devid Kemeron tomonidan berilgan), bu Argentina (10 raqam, Messi o'rniga Czinpin nomi yozilgan). Hayron bo'lishingiz mumkin, ammo kollakciyada "Bayer" futbolkasi ham bor, 2009 yilda Germaniyaga tashrifi mobaynida sovg'a qilingan.


Si Czinpin har bir ish safari paytida futbolga vaqt ajratishga harakat qiladi. Gollandiyada u Edvin van der Sar bilan uchrashdi, Angliyada Serxio Aguero bilan "Manchester Siti" stadionini tomosha qildi, Irlandiyada - to'p o'ynadi. Irlandiya stadioni surati - uning eng sevimlilaridan bir, rasm siyosatchining ish stolida ramkada turadi.


Xitoy nega futbolni qo'lga olmoqchiligiga endi tushungandirsiz.

                                                                                                         Davomi bor......

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика