So’nggi yangiliklar

19:05ФИФА соҳил футболи ва футзални Олимпиада дастурига киритишни таклиф қилади  0 18:39Ўзбекистон МТЖнинг Остон Ўрунов ва Аббос Файзуллаев қатнашмаган машғулоти  0 18:15Миллий терма жамоа лагеридан дараклар: Машарипов, Ўрунов ва Файзуллаев бугунги машғулотларда қатнашмади  7 17:47Рустам Ашурматов: "Хафамиз деёлмайман, лекин хурсанд ҳам эмасмиз"  11 17:25АПЛда сентябрь ойининг энг яхши мураббийи маълум  2 17:00Перес мегатрансферни режалаштирмоқда  4 16:37"Динамо" – "Навбаҳор" беллашувига ҳакамлар тайинланди  3 16:153 та клуб "Милан" футболчиси билан боғлиқ вазиятни кузатиб бормоқда  0 15:44АПЛ сентябрь ойининг энг яхши футболчисини аниқлади  2 15:22Шу кунлар ҳам келди: Англия терма жамоасида "Манчестер Юнайтед" футболчиси йўқ  9 14:55Ўзбекистон терма жамоаси аъзоси ЖЧ-2026 саралашининг 3-тур рамзий жамоасидан жой олди  19 14:31Ўзбекистон бир киши кам Эронни ютолмаган, аммо гуруҳда биринчи ўринни сақлаб қолган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  6 14:10Киммих: "Ўйинлар камайса, жароҳатлар ҳам камаяди деб ўйламайман"  0 13:42"Ньюкасл" Франция чемпионати голеадорига қизиқиш билдирмоқда  0 13:13"Жирона" спорт директори "Манчестер Сити" таклифини рад қилди  0

Futbol maynavozchilik emas Yangiliklar

Futbol maynavozchilik emas

Futbolchi va murabbiylar oldidagi qarzdorlik masalasi ancha qiziq narsa ekan. Ichiga kirib boraverganingiz sari yo ko'nglingiz ozadi yoki qilingan hom ishlar (balki qasddan qilingan) kulgingizni keltiradi.

Aytaylik, qaysidir futbolchi, murabbiy yoki xodim 2013 yildan buyon qarzini ololmaydi. O'sha klub rahbari bilan 4—5 yil davomida ishlab yuraveradi haqini talab qilmay. Birdaniga klubga yangi rahbar keladi-yu, u bir enlik shikoyat xati bilan PFLga yugurib keladi, haqini talab qilib. Stop! Nega o'z haqingni shuncha vaqt o'tib endi talab qilyapsan? Yoki eski rahbar bilan “boshqacha” kelishuving bormidi, deydigan odamning o'zi yo'q.

Hammamiz uchun mashhur klubda umuman ajoyib ishlar bo'lgan. Aytaylik, asosiy darvozabon 100 million ko'tarma puli olgan. Zaxira posboni esa 300 million. Nega?! Navqiron, yosh, etakchi futbolchi 100 million olgan. 35 yoshga chiqqan futbolchi esa 800 million! Nega?! Bu ishlar sizga g'alati ko'rinmayaptimi? Mana shunday rahbarlar qo'li ostida pullar juda rasvo ishlatilgan. Uning jarbini esa keyingi kelganlar tortib o'tiribdi.

Nasib bo'lsa, endi bunday ishlar bo'lmaydi. Umid Ahmadjonov topshirig'iga ko'ra, endi qarzdorlik masalasi jiddiy nazorat qilinadi. Yani, PFL vakili sifatida biz qarzdor klublarning keyingi operaciyalarini “muzlatib qo'yamiz”. Eslab ko'ring, nega “SHo'rtan” 4 ta uchrashuvni bosh murabbiysiz o'tkazdi? CHunki klubning Asror Aliqulovdan 2012 yildan buyon qolib kelayotgan yuz millionlab qarzdorligi bor. G'uzor klubi aybini bo'yniga oldi va 15 avgustga qadar kafolat xati berdi. SHu muddatga qadar “SHo'rtan” Aliqulov masalasini hal qilmasa, klub Pro-Ligadan chetlashtirilishi mumkin. Ishlari “xalta” bo'lgan klublarga jiddiy turishning boshqa yo'li yo'q.

To hamma ishlar tartibga tushadi, shundan keyingina reglament asosiy bo'ladi. Reglament o'zbek tilida chop etiladi (nega faqat rus tilida bo'lishi kerak), uning tushunarsiz qismlari tushunarli qilinadi. Ish faqat PFL emas, boshqa huquqshunoslar yordamida ham ko'rib chiqiladi.

18 iyun kuni transfer oynasi rasman ochiq deb elon qilingan. Hozircha faqatgina Samarqandning “Dinamo” klubi barcha qarzdorliklaridan qutildi. Qolganlar esa qarzdorlik masalasini hal qilmaguniga qadar, hech qanday operaciyani amalga oshira olmaydi. PFL ish FIFAgacha etib, u chuvalashib ketishini kutib o'tirmoqchi emas. Hamma ish shu erning o'zida hal bo'ladi. Qaysidir klub murabbiyni istefoga chiqaryaptimi? Marhamat! Futbolchi kerak emasmi, marhamat, PFL aralashmaydi. Biroq o'sha ketayotganlar to haqini olmagunicha, uning o'rniga yangilar kelmaydi. Bu “Paxtakor”ga ham, “Bunyodkor”ga ham, xullas, hammaga tegishli.

Rejaga ko'ra, 11 ta klubning shtat jadvali PFL tomonidan rasman tasdiqlanadi. Xususiy klub qancha ishchi olsa, muammosi ham, yutug'i ham o'zidan. Davlat korxonalari tomonidan moliyalashtiriladigan klublarning shtat jadvali esa tartibli bo'ladi. Kimda vice-prezident bor, kimda bosh menejer, kimda ijrochi direktor. Bu nima degani? Endi hammada bir xil lavozim va uning egasi bo'ladi. Hech kim o'zicha amerika kashf qilmaydi.

Hozircha shular. Keyingi yangiliklarni bosqichma-bosqich elon qilib boraveramiz. Yil oxirigacha ko'tarma puli, pulni boshqa yo'l bilan topish kabi masalalar iloji boricha yo'q qilinadi. Mexanizm qaytadan shakllantiriladi.

P.S. FIFA davo arizalarini ikki yilgacha bo'lgan muddatda qabul qiladi. PFL ham shu yo'ldan yuradi.

Muallif :
Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика