So’nggi yangiliklar

15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  31 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  29 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1

Futbol haqidagi eng sara iqtiboslar (1-qism) FOTO Yangiliklar

Futbol haqidagi eng sara iqtiboslar (1-qism) FOTO

Futbol olamidagi taniqli mutaxassislar va futbolchilarning 1-raqamli sport turi haqidagi eng sara iqtiboslarini taqdim etamiz.

"Uembli"da vaqtingizni maroqli o'tkazishni istasangiz, unda nemislarni chaqirmang"
(c) Alan SHirer, Angliya terma jamoasining afsonaviy futbolchisi

"Men "Milan"dan tepada faqat osmon degandim? Ha, to'g'ri. Lekin "Inter" osmondan ham teparoqda turadi"
(c) Antonio Kassano, Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi

"Italiya futboli - qo'rquv o'yini. Ikki futbolchi hujum qiladi, 10 kishi bo'lib esa himoyalanadi. Yosh futbolchilar esa zaxirada o'tirishadi"
(c) Arrigo Sakki, murabbiy.

"Futbol - muhim bo'lmagan narsalar ichidagi eng muhim ish"
(c) Arrigo Sakki, murabbiy.

"O'yin unutiladi, natija esa tarixda qoladi"
(c) Valeriy Lobanovskiy, murabbiy.

"Finaldagi golim qo'l bilan urilgandi? Bu Xudoning qo'li edi"
(c) Diego Maradona, Argentina terma jamoasining afsonaviy futbolchisi.

"Nima qilasan Ferrarini sotib olib, agarda uni Fiat kabi haydasang?"
(c) Zlatan Ibragimovich, futbolchi.

"Har qanday kamchilik sening ustunligingga aylanishi mumkin"
(c) Yoxan Kruiff, afsonaviy futbolchi.

"SHunchaki yugurib yurish - hayvonlarga xos ish. Bizga futbol o'ynashimiz uchun avvalo miya va to'p kerak"
(c) Lui van Gal, murabbiy.

"Agarda kechasi tungi klubga bormasam, unda kunduzi o'yinda gol urolmayman"
(c) Romario, Braziliya terma jamoasining afsonaviy futbolchisi.

"Men chiroyli emasman. Ammo meni maydonda qilayotgan ishlarim muxlislarni rom etadi"
(c) Ronaldino, Braziliya terma jamoasining afsonaviy futbolchisi.

"Jahon chempioni bo'lish tunda qovushishdan ham zavqliroq. Sababi, mundial har 4 yilda bir marotaba o'tkaziladi"
(c) Ronaldo, Braziliya terma jamoasining afsonaviy futbolchisi.

"Men futbolni aql bilan emas, qaynoq yurak bilan o'ynayman. Men maydonda o'ylamayman, harakat qilaman"
(c) Teri Anri, Franciya terma jamoasining afsonaviy futbolchisi.

"Futbolda kuchli jamoa yutmaydi, aksincha, yutgan jamoa kuchli bo'ladi"
(c) Franc Bekkenbauer, Germaniya terma jamoasining afsonaviy futbolchisi.

"Jahon chempionatida 3 marotaba penaltilar seriyasida yutqazganman. Men bu haqida gapirganimda asabim chiqishini aytsam bunga qarshilik qilmaysizmi?"
(c) Roberto Badjo, Italiya terma jamoasining afsonaviy futbolchisi.

"Futbolchi pulni ketidan yugurishi kerak emas. Aksincha, pul futbolchini ortidan quvishi lozim"
(c) Mirjalol Qosimov, o'zbek futboli afsonasi.

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика