So’nggi yangiliklar

13:00"Ал Қодисия" Руй Виторияни ишга таклиф қилмоқчи  0 12:27Ўзбекистон, Корея ва Япония пешқадам, Хитой ва қўшниларимиз ҳали очко олишмади. Бугунги ўйинлар ва гуруҳлардаги ҳолат  2 12:06"Милан" устози эски танишини Италияга олиб келмоқчи  0 11:45Марко Ройс нима сабабдан Саудия Арабистони клублари таклифини қабул қилмаганини айтди  0 11:20Дидье Дешам: "Тўпни ҳужумга етказишда муаммога дуч келдик"  0 11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  22 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  13 09:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  0 09:20"Реал Мадрид"нинг 32 ёшли футболчиси жароҳатлар сабаб фаолиятини якунламоқчи  2 08:40"Андижон" бош директори Рубин Хебайнинг жамоага келиши ҳақидаги саволга жавоб берди  6 08:08Гвардиола Чемпионлар лигасида қайси жамоага тўқнаш келишни истамаслигини айтди  12 07:31ЖЧ-2026 Саралаш. Бугун БААга қарши майдонга тушамиз  24 06:01Ёрқин Назаров: "БАА ақлли жамоа, ғалаба қозонмаслик мундиал вазифасини қийинлаштиради"  8 01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  2 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  3

"Futbol ham, muammolar ham barchamizniki" - karikaturachi bilan yaqindan tanishamiz Yangiliklar

"Futbol ham, muammolar ham barchamizniki" - karikaturachi bilan yaqindan tanishamiz

Xabaringiz bor, bir yil oldin Championat.asia saytida "O'zimizning karikatura" rukniga start berilgan edi.

Bu davr mobaynida saytimiz rassomi tomonidan chizilgan hajviy suratlar mushtariylar tomonidan iliq kutib olindi. Bugun o'sha karikaturalar muallifi — dizayner, rassom SHohrux Toshturdiev bilan suhbat tashkil qildik.

 Karikatura o'zi nima?

— Karikatura deb satirik yoki hajviy tasviriy sanatga aytiladi. Satirik karikaturada ijtimoiy, siyosiy va boshqa muammolar fosh etiladi, korrupciyaga berilganlar tanqid qilinadi. Hajviy karikatura esa biror kimsani tanqid qilmay, shunchaki kundalik mavzularni kulgili yoritadi. (SHaxsiy fikrim, bu bizning jamiyatga kerakli bo'lgan, juda ko'plab muammolarni aqliy intelekt, salohiyat va achchiq kulgi orqali yoritib beradigan tasviriy sanat yo'nalishlaridan biridir).

 Qachondan bu sohaga qiziqqansiz va nima sabab bo'lgan?

— O'zi tasviriy sanat ichida tug'ilganman desam ham bo'ladi. Dadam juda taniqli rassom bo'lmasalar ham, lekin shu inson mening birinchi ustozim hisoblanadilar. Bu sohaga mehrni dadam orqali qo'yganman. Yoshligimdan kulgili rasmlarga qiziqardim va chizardim. Hattoki 4-sinfligimda rus tili o'qituvchimni daftarimga kulgili tasvirlab, kaltak ham eganman. Bu sanat turida jurat va jasorat 1-o'rinda turishi kerak. Bu sanat turi kimnidir kamsitish yoki ustidan kulib, haqorat qilish uchun yaratilmagan. Bu umumiy muammoni ochib berish, bazi jabhalarda muammo va kamchiliklarni to'g'ridan to'g'ri etkazib berish uchun ishlatilinadigan sanat turidir. Insonlar tasviriy ifoda, urg'u orqali ko'pgina malumotlarga ega bo'ladilar va bu hozirgi jamiyatimiz uchun normal holat deb hisoblayman.

 O'z ijodingiznini yaratishda kim yoki nimadan ilhom olasiz?

— Futbol millionlar o'yini va undagi yangiliklarni millionlab emas, milliardlab insonlar tomosha qilmoqda va o'qimoqdalar. SHunday ekan, bu olamda taniqli shaxslar talaygina, shulardan biri Omar Momanidir. Karikatura sanat turiga aynan shu ijodkor orqali ilhomlanishni boshlaganman. Nasib bo'lsa, u inson bilan suhbatlashish orzum bor. O'zbek futbolida ham keyingi paytlar o'sish, bazi jabhalarda esa pasayish kuzatilmoqda, tanqidiy va bahs-munozarali vaziyatlar ko'payib boryapti. SHunday ekan, biz ijodkorlar ham chetda turish niyatimiz yo'q. O'zbek futboli barchaniki bo'lgani kabi, muammolari ham barchamiznikidir.

 Nega aynan sport yo'nalishini tanlagansiz?

—Yaxshi savol, chunki o'zim ham 4-sinfgacha futbol to'garaklariga qatnardim va hozirgacha bu sport turi bilan shug'ullanib kelaman. O'zi umuman barcha sport turiga bo'lgan qiziqishlarim yuqori. Ayniqsa, Olimpiya o'yinlari, Osiyo o'yinlari, jahon chempionatlarini sevib, diqqat bilan tomosha qilaman (Hattoki, u velosport bo'lsa ham). Boshqa ijtimoiy muammolarni ham yoritib beradigan karikaturalarni ham chizib turaman. Sportda korrupciya borligi esa jamiyatda juda ko'plab muammolar borligidan dalolatdir.

 Futboldagi qaysi klub va o'yinchiga muxlislik qilasiz? 

— Men chiroyli futbol muhlisiman. Yurtimizda 14 ta klubga ham birdek muxlislik qilaman, chunki bu jamoalar sifatli o'yin ko'rsatishsa, terma jamoamizga ham ijobiy tasir qiladi deb o'ylayman. Xorij klublaridan esa "QIZIL IBLISLAR"ga 7 yoshimdan beri ishqibozlik qilaman, men uchun eng zo'r o'yinchi bu Ronaldu!

— "Manchester Yunayted"ning bu mavsumdagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

— Garchi Krishtianu kelgan bo'lsa ham, chempionlik ehtimoli yuqori emas. Menimcha, MYU mavsum oxirida APLda 3-bo'lsa kerak.

— CHempionlar Ligasida-chi?

— Kamida chorak final.

 Termizliksiz. "Surxon"ga muxlislik qilasizmi?

— "Surxon" klubi haqida ochig'i nima deyishga ham hayronman. CHunki oxirgi paytlarda bu jamoa haqida salbiy fikrlar anchagina ko'payib ketdi. Bu klub muhlislari va imidji uchun yaxshi holat emas deb o'ylayman. Professional klub o'z nomi bilan o'z ishiga professional yondashishi va muammolarni hal etishi kerak. Surxon vohasi qiziqqon muhlislarga to'la. Bunday klublarni huddi "meva bermaydigan daraxt"larga o'xshataman! Nafaqat Surxon zaminiga, balki butun futbol olamiga kerak emas deb o'ylayman. Bunday jamoalar bilan futbol yutqazadi. O'z oldiga tayinli maqsad qo'ymaydigan, hattoki o'z muhlislari uchun chiroyli o'yin ko'rsatmaydigan jamoa vaqti kelib barchani zeriktiradi. Vaqt yoki mablag' talab qilsa ham, barcha jamoalarimiz avvalo akademiya barpo qilishi kerak.

 Bizdagi klublarning logotipi va liboslari haqida qanday fikrdasiz?

— Yurtimizda nafaqat futbol, balki butun boshli sport sohasiga oid logotiplarni men normal baholamagan bo'lardim. Sababi dizayn sohasida etarlicha oqsoqlik mavjud. Aytib o'tganimdek, har bir professional jamoa o'z ishiga shunga yarasha yondashib ishlashi kerak. Futbol faqatgina maydonda ko'riladigan o'yin emas. Futbolda televideniyaning o'rni 99% ga teng. Uning imidji, dizayn sohasidagi ishlanmalari ham futbolga va futboldan tashqari holatlarda yaxshigina daromad keltiradi. Logotipning qiymatini, avvalo, shu jamoalarning xo'jayinlari anglab etishi kerak. Biz XXI asrda yashab turib ham bu kabi jihatlarga etibor bermasligimiz aslida kulgili. So'nggi yillarda bu borada oldinga siljidik. Ammo jamoalarimiz hafa bo'lishmasin, hech qaysi klub dizayn tomonlama 5 bahoga arzimaydi. Etiborli muhlis bu fikrlarimga qo'shilsa kerak. SHunchaki, Supeliga o'yinlarini kuzatar ekansiz, futbolchilarning liboslariga etibor qaratishning o'zi kifoya...

Malika Kushbakova suhbatlashdi

"Ahmedov ham bor etiborini totalizatorga qaratishi mumkin edi" — D. Imomxo'jaev "Odil Junior" va "Aral Samali"ning kelajagi haqida gapirdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика