“Fulad”ning Toshkentga ikkinchi tashrifi
19 mar 2014 11:17
Yangiliklar

“Fulad”ning Toshkentga ikkinchi tashrifi
Bugun “Bunyodkor” CHempionlar ligasidagi 3-tur o'yinida Xuzistonning “Fulad” jamoasini qabul qiladi.
Mazkur bahs “qaldirg'ochlar” uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi. Yana ochko yo'qotilgan taqdirda chempionlarimiz ancha mushkul ahvolga tushib qolishadi. Raqib haqida turli malumotlar bilan sizlarni tanishtirib o'tamiz.
“FULAD” FUTBOL KLUBI
Laqabi: “Fulad Mardan” (“temir yigitlar”)
Tashkil etilgan sanasi: 1986 yil 2 mart
Stadioni: “G'adir” stadioni, 51 ming tomoshabinga mo'ljallangan
Rahbari: Sayfulloh Dehkordi
Bosh murabbiyi: Hussayn Faraki
O'tgan mavsumda Eron chempionatida 4-o'rinni egallagan.
2005 yil Eron chempioni.
Axvazning “Fulad” jamoasi 1986 yil tashkil etilgan. 2005 yil Eron chempioniga aylangan klub “Paxtakor” bilan OCHLda to'qnash kelgandi. O'shanda toshkentliklar 2:0 va 3:1 hisoblarida g'alaba qozonishgandi. Oradan 8 yil o'tib, “Fulad” endi Toshkentning boshqa bir jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bu jamoa Eronda grandlar qatoriga kiritilmagan, lekin o'tgan mavsumdan boshlab axvazliklar o'yinida ijobiy tomonga o'zgarish ro'y berdi. CHempionatni kuchli to'rtlikda yakunlagan jamoa OCHLda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi. Joriy mavsumda esa Xuziston hududi klubi oltin medallarga davogarlik qilmoqda. 27 uchrashuvdan keyin 51 ochko to'plagan Hussayn Faraki shogirdlari o'zlarini taqib qilayotgan “Istiqlol”ni bir ochkoga ortda qoldirishyapti. CHempionat yana 3 turdan keyin tugaydi. O'sha o'yinlarning ikkitasini “Fulad” o'z maydonida o'tkazadi. Demak, bu yil axvazliklarda chempion bo'lish imkoniyati ancha yaxshi.
“Fulad” so'nggi yillarda asosiy etiborni o'z tarbiyalanuvchilariga qaratib kelyapti. Ayni paytda klubning 11 nafar futbolchisi yoshlar va olimpiya terma jamoa azolari sanaladi. Kelajakda milliy terma jamoaad bu klubdan ko'plab futbolchilar maydonga tushishlarini taxmin qilish qiyin emas. 2000 yil tashkil qilingan akademiyada 400 nafardan ortiq yoshlar futbol sirlarini o'rganadi. Bu klub akademiyasi “Sepaxon” bilan birgalikda Eronda eng yaxshi akademiya deb tan olinadi.
Bosh murabbiy Hussayn Faraki Eron futbolidagi eng mashhur shaxslardan biri hisoblanadi. U milliy terma jamoa safida 1978 yilgi jahon chempionatida ishtirok etgan. Murabbiylik faoliyati davomida Eron milliy va olimpiya terma jamoalarida ish yuritgan, bir qator klublarda faoliyat olib borgan. “Fulad”ga 2012 yil taklif etilgan Faraki qisqa muddat ichida jamoani peshqadamlar qatoriga olib chiqdi. Uning mahorati tufayli axvazliklar navbatdagi chempionlikni nishonlashga yaqin turishibdi.
Hussayn FARAKI
Tug'ilgan sanasi: 22.03.1957
Tug'ilgan joyi: Tehron
O'ynagan jamoalari: 1976–1979 “Pas”, 1979–1981 “Al SHaab”, 1981–1992 “Pas”.
Eron milliy terma jamoasida 22 uchrashuvda 11 to'p kiritgan.
Ishlagan jamoalari: 1994–2000 “Pas” (yordamchi), 2003–2006 Eron milliy terma jamoasi (yordamchi), 2004 Eron U-23 terma jamoasi, 2009–2010 “Kaveh”, 2010–2012 “Naft”, 2012 yildan “Fulad”da.
Erishgan yutuqlari: Eron chempioni 1976–77, 1977–78, 1991–92.
“Fulad” tarkibida OCHLga 3 nafar braziliyalik futbolchilar zayavka qilingan. Himoyachi Leandro Padovani Braziliya quyi divizionlarida o'ynagan, Qatarning “Al Rayyan” klubi safida ijarada to'p tepgan. Yarim himoyachi Leonardo CHaves esa “Anqaraguju”, “Boavishta” singari klublarda o'ynagan. Hujum chizig'ida harakat qiladigan CHimba “Botofago” sharafini himoya qilgani bilan ko'pchilikning tiliga tushgan. Axvazliklar tarkibida 54 uchrashuvda 21 gol urgan. Himoya, yarim himoya va hujumdagi bir nafardan braziliyalik futbolchilar yordamida Faraki o'yin saviyasini yanada ko'tarishga urinmoqda.
“Fulad” tarkibi
Darvozabonlar
1. Alirizo Salimi
13. Ershod Yusufi
77. Susha Makani
Himoyachilar
2. Lenonardo Padovani (Braziliya)
4. Ayub Vali
10. Abdulloh Karimi
17. Hassan Jafari
21. Omid Holidi
24. Mehrdod Jamaati
27. Surush Saidi
55.Said Salarzoda
Yarim himoyachilar
5. Mehdi Badrlu
6. Mehdi Nuri
7. Surush Rafiyi
11. Baxtiyor Rahmoni
14. SHahab Karimi
15. Leonardo CHaves (Braziliya)
20. Ayub Kalantari
30. Ahmad Abdullazoda
32. Volid Mashayzoda
Hujumchilar
8. Ismoil SHarifat
9. Abbos Muhammadrizoi
16. Arash Afshin
23. Sasan Ansari
28. Mehdi Niaeshpur
29. CHimba (Braziliya)
37. G'ulomrizo Rizoi
1-turda “Al Jaish” maydonidan golsiz durang bilan qaytgan axvazliklar 2-turda Axvazda 34 mingga yaqin muxlis qarshisida “Al Fath”dan 1:0 hisobida ustun kelishdi. Yagona gol 63-daqiqada penaltidan urildi. “Fulad” himoyachida ishonchli o'yin ko'rsatib, qanotlarda ancha tezkor harakat qilishi haqida raqib jamoalar murabbiylari takidlab o'tishgan. Jismoniy jihatdan ham jamoaning tayyorgarligi ancha yaxshi holatda.
“Fulad” – “Al Fath” – 1:0
Gol: Rahmoni 63-pen.
“Fulad”: Susha Makani, Mehrdod Jamaati, Omid Holidi, Abdulloh Karimi, Leonardo Padovani, Surush Rafiyi (Leonardo CHaves, 87), Baxtiyor Rahmoni, SHahab Karimi, Ayub Kalantari, G'ulomrizo Rizoi, Ismoil SHarifat (Sasan Ansari, 73).
CHempionatda “Fulad” 27 bahsda 33 to'p kiritib, 22 gol o'tkazib yuborgan. Gol urish borasidagi ko'rsatkich ancha ozdek ko'rinadi, lekin Eronda bu odatiy hol sanaladi. Axvazliklar safida CHimba 9, SHarifat 6, Rahmoni 5 va Rafayi 3 to'p kiritib, bu borada boshqalardan yaxshiroq natija qayd etganlar.
“Bunyodkor” va “Fulad” jamoalari o'yini 19 mart, chorshanba kuni “Paxtakor” stadionida soat 18:00da boshlanadi. Ishqibozlarni mazkur bellashuvini stadiondan kuzatishga chaqirib qolamiz.
Behzod NAZAROV.

Fikrlar