“Fulad” – “Bunyodkor”: VIDEO prevyu
31 mar 2014 16:06
Yangiliklar

“Fulad” – “Bunyodkor”: VIDEO prevyu
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi Osiyo CHempionlar ligasi 3-turi doirasida Eronning “Fulad” klubiga qarshi mehmonda to'p tepadi.
1 aprel sanasida, Ahvaz shahrida bo'lib o'tadigan bahs har ikkala jamoa uchun juda ham muhim hisoblanadi. Ayniqsa, Mirjalol Qosimov boshchiligidagi “Bunyodkor” jamoasi ertangi bahsda g'alaba qozonsa, pley-offga yo'llanma olish imkoniyatlarin oshiradilar.
“Bunyodkor” Eronga sakkizinchi marotaba tashrif buyurmoqda. Bungacha “qaldirg'ochlar” Eron klublari bilan safarda etti uchrashuv o'tkazishgan. Toshkentliklar Eronda uchta g'alaba, 2ta durang va 2ta mag'lubiyat qayd etishgan.
Jamoalarning birinchi davrada Toshkentda o'tgan uchrashuvida kuchlar teng kelgan edi – 1:1. O'sha uchrashuvning 74-daqiqasida Abdulloh Karami eronliklarni oldinga olib chiqqan bo'lsa, 90+2-daqiqada Vohid SHodiev hisobni tenglashtiruvchi golga mualliflik qilgandi.
Quyidagi havolada “Bunyodkor” – “Fulad” bahsining eng esda qolarli vaziyatlarini tomosha qilishingiz mumkin.

Fikrlar