Frenki De Yong "Barselona"ning muammolari haqida gapirdi
30 jan 2022 18:35
Yangiliklar
Frenki De Yong "Barselona"ning muammolari haqida gapirdi
"Barselona" xavbeki Frenki De Yong o'zining va jamoasining o'yinidagi muammolari haqida gapirdi.
"Barselona"da yaxshi jismoniy holatda ko'rsatgan davrlarim ham bo'ldi. Biroq hali ham eng yuqori holatga chiqa olganim yo'q. Ushbu mavsumda sustroq o'yin ko'rsatayotganim uchun odamlar men haqida iliq gaplar gapirishmayapti.
Odamlar bir-birining gaplarini maqullashni yaxshi ko'rishadi. Ketma-ket bir xil gaplar o'qiyman. Odamlar o'yinni ko'rishmaydi, fikrlarni o'qib o'tirishadi. SHu sababli biror insonda sog'lom fikr yo'q.
Ushbu mavsum biz uchun proval tarzda o'tib ketdi. ECHLdan, Kubokdan chiqib ketdik, "Real" bilan farq esa 15 ochko", - dedi yarim himoyachi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar