"Frayburg"ni murabbiylik tajribasiga ega bo'lmagan 38 yoshli sobiq futbolchi boshqaradi
22 mar 17:24
Yangiliklar
"Frayburg"ni murabbiylik tajribasiga ega bo'lmagan 38 yoshli sobiq futbolchi boshqaradi
Yulian SHuster joriy mavsum yakunida "Frayburg" bosh murabbiyi lavozimini egallaydi, deya xabar berdi klub matbuot xizmati.
Germaniya jamoasi 38 yoshli mutaxassis uchun u boshqaradigan birinchi jamoa bo'ladi.
Yarim himoyachi futbolchilik faoliyatining asosiy qismini "Frayburg"da o'tkazgan. U klub safida 242 ta o'yin o'tkazib, 21 ta gol urgan va 32 ta golga assistentlik qilgan.
"Frayburg" Germaniya chempionatining 26-turidan keyin 33 ochko bilan 9-o'rinda bormoqda. Hozir "oq-qoralar"ga 58 yoshli Kristian SHtrayx ustozlik qilyapti. U bu lavozimni 2011 yildan beri egallab kelmoqda.
Fikrlar