Germaniyada muxlislar VARni tokdan uzib qo'ygani uchun hakam bahsli vaziyatni monitordan ko'ra olmadi
08 mar 21:48
Yangiliklar
Germaniyada muxlislar VARni tokdan uzib qo'ygani uchun hakam bahsli vaziyatni monitordan ko'ra olmadi
Bosh hakam Feliks Bikkel dastavval penalti belgilamadi, biroq VAR uni vaziyatni qayta ko'rib chiqish uchun maydon chetiga chaqirdi. Shunda qiziq holat yuz berdi. Sababi: ekran ishlamayotgan edi, u shunchaki o'chib qolgandi. Bikkel qop-qora monitorga qarab turardi.
Malum bo'lishicha, myunsterlik ultras muxlislardan biri monitorning shtekerini (elektr tokidan) sug'irib olib, VAR ishiga sabotaj uyushtirgan. Ayni paytda "Proyssen" ultraslari tribunada shunday yozuvli bannerni ko'tarib turishgandi: "VARni tokdan uzib qo'ying".
Suratlarda yashil niqob taqqan gumonlanuvchining maydon ichidan tribunaga qaytib sakrayotgani aks etgan. Aynan shu muxlis haqiqatan ham VAR sabotajiga javobgarmi, nega elektr manbaiga etib borish bunchalik oson bo'lgan va nima uchun hech kim shtekerni qayta ulamagan – bular hozircha nomalum bo'lib qolmoqda.
Nima bo'lgan taqdirda ham, hakam videotasvirlarsiz penalti bo'yicha qaror qabul qila olmasdi – shuning uchun VAR markazida o'tirgan yordamchisi ishga kirishdi.
Vaziyat ko'rib chiqilgach, "Proyssen Myunster" darvozasiga penalti belgilandi va uni "Gerta" sardori Fabian Rize aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Uchrashuvda berlinliklar 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar