So’nggi yangiliklar

08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  0 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  3 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  7 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  14 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  24 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  3 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  24 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3

Frank Riberi: “Franciya Braziliyaga borishi shart” Yangiliklar

Frank Riberi: “Franciya Braziliyaga borishi shart”

Franciya terma jamoasining etakchilaridan biri Frank Riberi bugun bo'lib o'tadigan Ukraina – Franciya o'yinidan oldin FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi. Quyida mazkur suhbatni o'qishingiz mumkin.
-   JCH-2014 saralash o'yinlarining pley-off bosqichidan o'rin olgan Ukrainaga qarshi bellashuvlar haqida nima deya olasiz?
-   SHaxsan men uchun terma jamoamizning mundialga borishi juda muhim. Ukraina – yaxshi jamoa, lekin Braziliyaga Franciya borishi shart. Tan olaylik, biz kuchlimiz va buni ikkita uchrashuvda isbotlashimiz kerak. To'g'ri, oson bo'lmaydi, lekin g'alaba qozona olamiz.
 
-   Agar Franciya jahon chempionatiga bora olmasa, unda nima bo'ladi?
-   Butun mamlakat uchun fojia bo'ladi. To'g'risi, bu haqda o'ylash ham qiyin, yo'qsa o'zimizni bosim ostiga qo'ygan bo'lamiz. Biz qo'rqmasdan o'ynashimiz kerak.
 
-   Quradan so'ng raqib sifatida Ukraina malum bo'lgani sizni xursand qildimi?
-   Pley-off o'yinlarida har qanday raqib xavfli. Islandiya bo'ladimi yoki Portugaliyami... Kim bo'lishidan qatiy nazar, maydonga tushib g'alaba qozonish kerak.
 
-   Sobiq jamoadoshingiz Anatoliy Timoshuk bilan gaplashib ko'rdingizmi?
-   Ha, biz gaplashdik. Ikkalamiz ham faqat g'alaba haqida o'ylayapmiz.

-   Birinchi uchrashuvni safarda o'tkazish sizlar uchun foydalimi?
-   Bu juda muhim. Agar Ukrainada yaxshi to'p sursak, o'z maydonimizda yanada erkinroq harakat qila olamiz.
 
-   Nima uchun “Bavariya”ning ko'pincha birinchi taymda o'yini qovushmayapti?
-   Bilmadim. Lekin ikkinchi taymda yaxshi harakat qilyapmiz. Ehtimol, bu har uch-to'rt kunda maydonga tushayotganimiz bilan bog'liqdir.
 
-   Klublar o'rtasidagi jahon chempionati bu safar Marokashda, dekabr oyida o'tkaziladi. Bu turnir siz uchun qanchalik muhim?
-   “Bavariya” uchun har bir musobaqa muhim. Biz doim g'alaba qozonishni xohlaymiz.
 
-   Siz uchun musobaqaning aynan Marokashda o'tkazilishi nimanidir anglatadimi?
-   Albatta. Axir men ham musulmonman va Marokash xalqi francuz tilida gapira oladigan musulmonlar sirasiga kiradi. U erda juda katta stadionlar bor deb eshitganman. SHunday ekan, men uchun o'zgacha musobaqa bo'ladi.

-   Hech Marokashda bo'lganmisiz?
-   Hozircha yo'q. O'z vaqtida Jazoirga borgandim, chunki turmush o'rtog'im o'sha erlik. Men u erda ikki hafta maza qilib dam olgandim.

-   2013 yilda sizni ko'proq nima xursand qildi?
-   Men sog'lomman va deyarli jarohat olmadim. Bu esa futbolchi uchun juda muhim. Agar hammasi shunday davom etsa, futboldan ko'proq rohat olishda davom etaveraman.

X.Xoliqov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика