So’nggi yangiliklar

23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  1 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0 22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  2 21:58"ФарДУ" назорат ўйинида жавобсиз еттита тўп киритди  0 21:32Бундеслига. "Бавария" тўққиз киши бўлиб "Байер" билан дуранг ўйнади, "Боруссия Дортмунд" эса ишончли ғалабага эришди  14 21:20"Арсенал" ва "Челси" иштирокидаги ўйинлар учун таркиблар маълум  6 21:04"Галатасарой" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  21 20:40Райан Шерки: "Дунёнинг энг яхши футболчиси бўлишни истайман. Агар "Олтин тўп"ни қўлга киритсам..."  2 20:05Ислом Исмоилов: "Финалда тактикадан кўра футболчиларнинг характери юқори планга чиқади" (тўлиқ матбуот анжумани)  19 19:45ОПЛ. "Сабаҳ" бу сафар рақибига жавобсиз 5 та гол урди  0 19:10Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)  35 18:50ЎзФҲМ йиғилиши: икки ўйинда қизил карточка кўрсатилиши керак эди  12 18:27"Аркадағ" кетма-кет иккинчи йил Туркманистон кубоги соҳибига айланди  16 18:15Дунёдаги энг йирик кўча футболи чемпионати яна Ўзбекистонда  1 18:00"Металлург" назорат баҳсида "Гулистон"ни мағлуб этди  2

Frank Riberi: “Bavariya” va Riberi – bir butun” Yangiliklar

Frank Riberi: “Bavariya” va Riberi – bir butun”

2015 yil Frank Riberi uchun omadsiz keldi. U bundesligada 5, CHempionlar ligasida 3 va Germaniya Kubogida 1 uchrashuvda maydonga tushdi.

Martdan dekabrgacha oyog'idan olgan jarohati tufayli Frank futbolsiz yashadi. “Borussiya” Myunxengladbaxga qarshi uzoq kutilgan debyutdan 4 kun o'tib, u Zagrebning “Dinamo” klubiga qarshi bellashuvda yana jarohat oldi. “Bavariya” rasmiy sayti 32 yoshli yarim himoyachi bilan ushbu qiyin davr haqida suhbatlashdi.

- Frank, 4 farzandning otasisiz. Qattiqqo'l otamisiz?
- Bolalarim bilan juda xotirjamman deb aytgan bo'lardim. Menda bo'sh vaqt bo'lganda uni doimo farzandlarim va rafiqamga bag'ishlayman. Ko'p sayohat qilishni yoqtirmayman, uyda oilam bilan vaqtimni o'tkazishni afzal bilaman. O'tgan yili bu menga juda yaxshi nasib etdi. Barchamiz bu kutilmagan holat bo'ldi, chunki sog'lom bo'lganimda har uch kunda biror joyga ketardim.


- Bolalaringiz Germaniyada katta bo'lmoqda. Ular qanchalik nemislashib ulgurgan?
 - Bu erda deyarli 9 yildan beri yashayman. Kichik qizim esa 7 yoshda. Unda nemischa mentalitet shakllangan. Ular opasi bilan nemischada juda yaxshi gapirishadi. Men haqimda nima deyilsa ham, ular doimo to'g'ri so'zlarni tanlashadi.

- Qishki tatilni qanday o'tkazishni rejalashtiryapsiz?
- Biz dam olish uchun biror joyga borishni istagandik, biroq jarohatim sababli har kuni zarur tekshiruvdan o'tishim lozim. Barchasini oilam bilan Bulonda qolishga mo'ljallab, tashkil qilganman.

- Yangi yilni qanday bayram qilasiz?
- Oilam bilan Bulonda. Har yili 15 kishi yig'ilamiz. Buni orziqib kutaman. Biz hamisha juda yaxshi muhitga egamiz.

- 2015 yilning ko'p qismini jarohat bilan o'tkazdingiz. Farzandlaringiz nima bo'lganini so'rashdimi?
- Katta qizim barchasi joyida ekanligi haqida so'radi. Albatta, men ijobiy ko'rinib, yaxshi kayfiyatda bo'lishga harakat qildim. Lekin oilam menga nimadir etishmayotganini ko'rdi. Futbol – mening kasbim. Futbol maydoniga tegishliman. O'ynashim shart. SHu sababli bu yil menga bazida alamli bo'ldi. Farzandlarim menga jarohatim haqida unutishga yordam berishdi.


- Futbolsiz 9 oy qanday o'tdi?
 - Bu juda qiyin vaqt bo'ldi. Nima bo'lgani to'g'risida ko'p o'yladim, barchasini o'nglashga urindim. Kurashdim.

- Faoliyatingiz tugagani haqida qo'rquv bo'lmadimi?
- Yo'q, hech qachon. Lekin vaziyat rostdan og'ir edi. Stadionda bo'lganimda jamoa yaxshi o'ynasa va g'alaba qozonsa, bundan quvondim. Bunga 3-4 o'yin sabr qilish mumkin. 9 oy davomida uchrashuvvlarni tribunadan tomosha qilish juda og'riqli. Hech qanday zavq bermaydi.

- Keyin Myunxengladbaxdagi o'yin bo'ldi. Gvardiola sizni mashq qilishga yubordi va muxlislar sizni olqishlashni boshlashdi. Hissiyotlar qanday edi?
- Juda hissiyotli vaziyat bo'ldi. Muxlislar nomimni aytib qichqirishganda tanam jimirlab ketdi. “Bavariya” 9 yildan beri o'ynayman va ishqibozlar bilan juda yaxshi munosabat shakllangan. Biz birgalikda kurashdik, kuldik, g'alaba qozondik. Jarohat olgan davrimda klub meni doimo qo'llab-quvvatladi. “Bavariya” va Riberi – biz bir butunmiz.


- Keyin siz gol urdingiz. Bunga hamon qodir ekaningizga ishonishingiz uchun to'p kiritish muhimmidi?
- Bunga qodir ekanligimni bilgandim. Jarohat olganingda hech narsa qila olmaysan. Faqat kutish qoladi. Maydonga qaytganda esa barchasi osonlashadi. Ko'p narsa qo'lingdan kelishini his qilasan. Bu xislatni yo'qotmaysan. Faqat jismoniy holat va muskullarni boy berishing mumkin.

- Afsuski, Zagrebda yana jarohat oldingiz.
- Ha, afsuski. Miyam tayyor edim, lekin muskullarim hali kuchsiz edi. Muhimi, endi eski jarohatim bilan bog'liq muammoga ega emasman. Yana sog'lom bo'lganimda menga faqat surat va o'yin zarur bo'ladi.

- Yangi yil kirib kelmoqda. 2016 yilda nimalarni xohlaysiz?
- Tezroq avvalgi holatimga qaytishni. Juda kuchli ishtiyoqqa egaman. Jamoa bilan birinchi davra oxirida birga bo'lgan 2-3 hafta ajoyib o'tdi. Barcha jarohat olganlar safga qaytishiga umid qilaman. Barchamiz birgalikda sovrinlar uchun kurashishni istaymiz.
 

Behzod Nazarov tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика