So’nggi yangiliklar

11:18"Реал" жароҳат олган Карвахалга клубдан ўринбосар топди  1 10:55Флориан Вирцнинг келажаги маълум  0 10:20АПЛнинг ХХI асрдаги энг яхши мураббийлар рейтинги тузиб чиқилди  6 09:47Тен Хагнинг ўрнига МЮни бошқариш учун асосий номзод маълум  6 09:10"Ман Сити" қишда Родрининг жароҳат олгани сабабли 60 миллионлик трансферни амалга оширади  0 08:35Суперлига. Барча даврларнинг энг яхши тўпурари ким? Черан 10-ўринга кўтарилиб олди  5 07:53Аббосбек Файзуллаев РПЛда тур рамзий жамоасидан ўрин олди  4 07:23Про лига. Бугун 22-турнинг сўнгги учрашуви бўлиб ўтади  2 01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  1 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  7 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  1 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  4

Fourfourtwo taqdim etgan reyting haqiqatga yaqinmi? Yangiliklar

Fourfourtwo taqdim etgan reyting haqiqatga yaqinmi?

Saytimiz orqali mashhur saytlardan biri Fourfourtwo.com elon qilgan Osiyoning eng kuchli 50 nafar futbolchisini qismlarga bo'lib berdik.

Futbolchilar ro'yxatini o'ntadan besh qismga bo'ldik. To'g'risini aytsam, bu reytingni berish o'zimga ham qiziq ko'rindi, har holda biz Osiyoda yashaymiz, shunday ekan sayt xodimlarining qitamiz futbolchilari haqida fikrlari hurmatga loyiq. 

Reytingni berib borish chog'ida kuchli o'ntalikda kimlar bor ekan degan savol meni ham qiziqtirib qo'ygani rost, ammo birdaniga o'tib ketmay sabr qildim va ko'pchilik o'quvchilar qatori eng kuchlilar bilan navbatma-navbat tanishib bordim. 

Avvalo shuni aytish kerak, mazkur reyting Evropa futboliga qiyosan 2017-2018 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra tuzilgan. Malumki, ko'p joylarda chempionat, kubok o'yinlari va boshqa xalqaro musobaqalar kuz-bahor tizimida o'tkaziladi. SHu bois reyting tuzilayotganda mana shu jihat alohida etiborga olingan bo'lsa kerak. Fourfourtwo.com shu va shunga o'xshash reytinglarni ko'p tuzadi. Ular Osiyo futboliga beetibor emas va doim qiziq narsalarni berib borishga harakat qilishadi. 

Endi sayt versiyasi bo'yicha Top-50ga qaysi davlatdan nechta futbolchi kiritilganini sanab o'tsak.

Yaponiya - 16
Eron - 9
Janubiy Koreya - 7
Avstraliya - 5
Saudiya Arabistoni - 4
BAA - 2
Suriya - 2
O'zbekiston - 1
Tailand - 1
KXDR - 1
Qatar - 1
Xitoy - 1

Ko'rib turganigizdek, eng ko'p futbolchi Yaponiyadan - 16 nafar. Qolganlar navbati bilan keyingi o'rinlarni egallab turishibdi. Sayt xodimlari tuzib chiqqan ro'yxatdan jami 12ta mamlakat futbolchilari tanlab olingan. 

SHu o'rinda savol tug'ilishi mumkin: O'zbekistondan faqat Marat Bikmaev ro'yxatga kiritilgan (32-o'rin), boshqa kuchli futbolchilarimiz yo'qmi? Bor, albatta. Lekin ular sayt nazarida yorqin va bir tekis o'yin ko'rsatmayotgan bo'lsa kerak. Bikmaev o'tgan yil O'zbekiston chempionati to'purari bo'ldi, "Lokomotiv" garchi OCHLda guruhdan chiqa olmagan bo'lsa-da, beshta gol urdi. Qolaversa, JCH saralash o'yinida safarda Koreya darvozasiga qariyb maydon markazidan to'p kiritdi. 

O'ylashimizcha, sayt xodimlari reyting tuzib chiqayotganda mana shularni ham etiborga olishgan. Bu ro'yxatdan masalan Odil Ahmedov o'rin olishi mumkin edi, agar "SHanxay SIPG" o'tgan yil OCHL finaliga chiqqanida. Agar Ahmedov va Jeparov OCHLda hozirgidek o'yin ko'rsatishda davom etsa, o'ylaymizki, keyingi yil tuzib chiqiladigan reytingda ular ham bo'ladi. 

SHuningdek, "Lokomotiv" Moskvada himoyachimiz Vitaliy Denisov bor. Agar Fourfourtwo.com Rossiya chempionatiga ko'p etibor qaratmagan deb o'ylasak, unda "Rubin" va "Amkar"da to'p tepayotgan eronlik futbolchilar ushbu ro'yxatga kiritilmasdi degan fikrdamiz. Suriyadan ikki futbolchi tanlanganiga kelsak, o'tgan yil Umar Al Soma haqiqatan zo'r o'ynadi. Ayniqsa uning "Ozodi" stadionida 90+4-daqiqada Eron darvozasiga kiritgan goli ancha shov-shuv bo'ldi. SHuningdek, Omar Xrbin ham mazmunli mavsumni o'tkazdi.

To'g'ri, bu reyting hech qanday rasmiy maqomga ega emas, lekin ancha pishiq va puxta tuzib chiqilgan degan fikr yuzaga kelyapti. CHunki ro'yxatdan joy olgan har bir futbolchi albatta nimadir qoyillatgan, yo'qsa jurnalistlar nazariga tushmagan bo'lardi. Muxlislarimiz reytingni turlicha qabul qilishdi. Kimdir rozi, kimdir norozi. Albatta, biz ham o'zbekistonlik futbolchilar ko'p bo'lishini xohlaymiz, lekin hamma gap mehnat va qandaydir yutuqqa ega chiqishda. 

O'tgan yil ham, bu mavsum ham klublarimiz OCHLda guruhdan chiqa olishmadi. Bu yil hisobidan boshqa xalqaro rasmiy musobaqa qolmadi. Endi bor etiborimiz 2019 yilning yanvarida bo'ladigan Osiyo Kubogiga qaratiladi. Ajab emas mana shu musobaqada o'zimizni ko'rsatib, buning natijasida xorij saytlarining ham etiboriga tushsak.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика