So’nggi yangiliklar

07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  3 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  17 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  23 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  90 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  2 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8

Fotomaqola. Terma jamoamizga qo'shilib, biz ham boshladik! Yangiliklar

Fotomaqola. Terma jamoamizga qo'shilib, biz ham boshladik!

Biz uchun mavsum bu yil tugamaydi, tugagan ham edi-ki, MTJ Osiyo Kubogi - 2015 tayyorgarligini boshlab yubordi.
Bunday paytda jim o'tirib bo'lmaydi, buni o'quvchilarimiz ham kechirishmasa kerak, to'g'rimi?


Terma jamoa bilan ishlash doimo yoqimli bo'lib kelgan. Boisi oddiy, unda mamlakatning eng etakchilari shug'ullanadilar. Unga nomzodlar esa o'zlariga bildirilgan ishonch yo'lida mehnat qiladilar. Bu erda barchaning imkoniyati teng, bu erda hamma vatan uchun o'ynaydi. 

Mashg'ulotlar boshlanishini hammadan ham ko'ra ko'proq kutamiz desak aldamagan bo'lamiz. Mana o'sha kun ham etib keldi, 24 noyabr kuni O'zbekiston terma jamoasi mahalliy futbolchilar bilan mashg'ulotlarga kirishdi. 




Bu suratni ikkinchi marotaba ko'rdingiz-a? Bazan shunday kadrlar chiqib qoladi.




Mirjalol Qosimov "Bunyodkor"dagi sobiq hamkasblari bilan. Sergey Lushan shu kunlarda saytimiz uchun eksklyuziv intervyu berishga rozilik bildirdi, buni sizlar ham kutayotgan edinglar...




O'zimizning akalar: Abdulla aka, Abror aka, Jamol aka...




Aleksandr Volkov ham ishga kirishib ketdi. Uning mavsum xizmati mavsumdan avval juda kerak bo'ladi...




Ooooo, Navro'z Alimovga baxt tilaymiz...




Kamoliddin Murzoevning maqsadi jiddiy, Osiyo Kubogida ishtirok etish, buning uchun mehnat qilish kerakligini ham biladi. Undan tashqari Lutfillo To'raev, Aziz Ibragimov va Farrux Sayfiev ham buni yaxshi tushunib turishibdi. Qolganiga BAAda bo'lib o'tadigan ikkita yig'in oydinlik kiritadi.


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика