So’nggi yangiliklar

20:25"Ўзимизнинг "тобуткаш" Кападзега имконият бериш керак" - Миржалол Қосимов МТЖга хорижлик мураббий олиб келиниши ҳақида  2 20:05Суперлига. "Навбаҳор" - "Сўғдиёна" 1:1 (матнли трансляция)  23 19:38ПСЖ Сафоновга у асосий дарвозабон бўлмаслигини маълум қилди  1 19:16Суперлига. "Машъал" - "Динамо" 2:0 (матнли трансляция)  7 18:51Исак "Ньюкасл" машғулотларидан четлатилди. Нега?  0 17:48"Реал" собиқ футболчиси энди Машарипов ва Ашурматов билан бир жамоада ўйнайди  1 17:19"Реал"га яна "йўқ" дейишди  2 16:43Дамир Темиров: "Шацкихни бир сўз билан айтганда — топ мураббий"  6 16:29Эшитдик-да! Шерзод Насруллаевнинг Польша клубига трансфери амалга ошмай қолди. Нега?  14 16:27Қосимовнинг ОКМКси "Пахтакор"ни енгиб 2-ўринга чиқиб олган беллашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 14:52Рубен Санчес: "Қадам-бақадам олдинга юришимиз лозим"  1 14:22Гиорги Папава: "Пахтакор"га қарши қандай ўйнашни ва мағлуб этишни ўрганиб олдик"  4 13:30МЮ Шешко бўйича таклифини оширди  9 12:59Италияда жамоа Б Серияга тушиб кетса футболчиларнинг маоши автоматик тарзда сезиларли даражада камаяди  0 12:19"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" ҳужумчиси бўйича келишувга эришди  4

FOTOMAQOLA. "Qaldirg'och"ni yaralashdi Yangiliklar

FOTOMAQOLA. "Qaldirg'och"ni yaralashdi

Kecha Superliga 8-tur o'yinlari o'z yakuniga etdi.

Turni markaziy uchrashuv tugatib berdi. "Bunyodkor" markaziy stadionida Toshkent derbisi bo'lib o'tdi. Unda amaldagi chempion "Lokomotiv" tur oldidan jadvalda peshqadamlik qilib turgan "Bunyodkor"ni mag'lub etdi. Quyida ana shu uchrashuvdan fotomaqolani etiboringizga havola etamiz.

Stadionda "Save Nasaf" ("Nasaf"ni saqlab qoling) deb yozilgan banner ko'tarildi.


Uchrashuvdan oldin har ikki jamoa murabbiylari o'zaro yaxshi kayfiyatda suhbatlashib turgan vaziyat.


Kechagi uchrashuvni "championat.asia" sayti uchun yoritib borganlardan uch nafari - SHahboz Beg'amov, Tolibjon Qosimov va Zoir Tursunboev.


"Lokomotiv"ning boshlang'ich tarkibi.


"Bunyodkor" boshlang'ich tarkibi.


Kecha Akrom Komilov yaxshi o'yin namoyish etdi, Sardor Rashidov ham faol bo'ldi.


Ikki o'yinchi va to'p havoda, shunchaki yaxshi kadr.


Uchrashuv tanaffusida O'zbekiston xalq artisti Farruh Zokirov muxlislarga alo kayfiyat ulashdilar.


Murod Toshmatov o'yinda hisobni ochgandan keyin.


Buyog'iga mezbonlar o'yinni susaytirishdi, mehmonlar esa ketma-ket hujumlar uyushtira boshlashdi.


Birinchi penalti belgilangan vaziyat, bunda 11 metrlik to'g'ri qo'yildi.


Sadriddin Abdullaev maydonga tushishi bilan raqib darvozasiga chap oyoqda juda xavfli zarba berdi. Agar Murod Zuhurov ajoyib seyv ijro etmaganida hisob o'zgargan bo'lardi.


Ikkinchi penalti belgilangan vaziyat. Bu endi oshib tushdi, Bosh hakam Axrol Risqullaev va qanot hakami Alisher Usmonov "Bunyodkor" darvozasiga tushunarsiz 11 metrlik belgilab mezbonlarning belini bukib qo'yishdi.


Marat Bikmaevning jamoasiga g'alaba keltirgan golni kiritganidan keyingi xursandchiligi.


"Bunyodkor" - "Lokomotiv" uchrashuviga birgina shu surat bilan izoh bersa bo'ladi.


Yosh futbolchilarimizni ruhan sindirib qo'ymasak bo'lgani...


Kechagi kun "qahramonlari".



"Bunyodkor" - "Lokomotiv" (1:2) uchrashuvidan to'liq fotogalereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA


Tolibjon Qosimov

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика