So’nggi yangiliklar

22:35Отабек Нарзуллаев мағлубият сабабини айтди  0 22:16Виталий Левченко: "Ғалаба қозонган бўлсак-да, кўплаб хатоларга йўл қўйдик"  1 22:01Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" баҳси асосий таркиблари  7 21:55Суперлига. "Бухоро"нинг 5 ўйинлик ғалабасиз серияси "Қўқон-1912" билан баҳсда якунланди  12 21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  3 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  38 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  14 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  2 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  6 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  4 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7

FOTOMAQOLA. "Paxtakor" super klubga aylantiriladi Yangiliklar

FOTOMAQOLA. "Paxtakor" super klubga aylantiriladi

Kecha "Paxtakor" klubi yangi bosh murabbiy SHota Arveladze va yangi futbolchi Marko Simichlarni tanishtirdi.

"Paxtakor" markaziy stadionida bo'lib o'tgan tadbirdan fotomaqolani etiboringizga havola etamiz.

Tanishtiruv marosimida "Paxtakor" prezidenti Bobur SHodiev, klub vice-prezidenti Umid Ahmadjonov, Bosh direktor Dmitriy Adisman, yangi bosh murabbiy SHota Arveladze va yangi futbolchi Marko Simichlar ishtirok etishdi.

SHuningdek, SHota Arveladze o'zining murabbiylar shtabi bilan Toshkentga tashrif buyurdi. Ular: Archil Arveladze (Gruziya), Piter Xyuistra (Gollandiya), Laslo Yambor (Vengriya), Gocha Tkebuchava (Gruziya).

SHota Arveladze OAV oldida shartnomaga imzo chekdi va rasman tanishtirildi.

Marko Simich ham bevosita OAV qarshisida shartnomaga imzo chekdi.

SHota Arveladze "Paxtakor" bosh murabbiyi.

Jurnalistlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Kayfiyat alo darajada.

Jurnalistlar uchun tashkillashtirilgan matbuot anjumanining so'nggida SHota Arveladze rahbariyat shunchaki kuchli emas, balki super klub tashkil etmoqchiligi eng muhimi ekanligini aytib o'tdi.

OAV vakillari uchun matbuot anjumani o'tkazilayotgan bir vaqtda bevosita "Paxtakor" stadionida tanishtiruv marosimiga tashrif buyurgan muxlislarga atab elimiz suygan sanatkorlar koncert dasturini namoyish etib berishdi.

"Paxtakor" klubi prezidenti Bobur SHodiev.

O'FF Faxriylar kengashi raisi Narimon aka Jalolov so'zga chiqdi.

SHota Arveladze olqishlar ostida muxlislar qarshisiga chiqib keldi.

Yangi bosh murabbiydan keyin Marko Simich ham muxlislarga tanishtirildi.

SHundan so'ng Arveladze va Simich muxlislar tomon o'z dastxatlari tushirilgan to'plarni tepishdi.


"Paxtakor" klubi Toshkentdagi ikkita bolalar uyi tarbiyalanuvchilariga futbolka, to'p va turli sovg'alar taqdim etishdi.

Egizaklar SHota va Archil Arveladzelarni bir farqlab ko'ringchi.


"Paxtakor"ning yangi bosh murabbiy va yangi o'yinchini tanishtirish marosimidan to'liq fotogalereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>> FOTO


Tolibjon Qosimov

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика