So’nggi yangiliklar

16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  2 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  3 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  3 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  88 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  5 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  4 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  11 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали сондан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0

Fotomaqola. Incheondan yozamiz. 1-kun kundaligi, bor bo'lgin o'zbegim! Yangiliklar

Fotomaqola. Incheondan yozamiz. 1-kun kundaligi, bor bo'lgin o'zbegim!

Mana endi ijodni boshlasak ham bo'laveradi. Kelish oldidan feysbukka murojaat qilganligim va u erda qo'qonlik Jahongir aka bilan tanishganligimni yozgan edim.
SHu aka meni aeroportdan kutib olib, uyiga olib ketdilar. Ularning hamrohlari Bahodir aka. Yashasin o'zbegim dedim. Xijolat bo'lyapman desam, vatan uchun deydilar. Ha, chetga chiqqan kishi aslida vatan nima ekanligini yuragini tubidan anglab etadi. SHu kundaligimni ashaddiy futbol ishqibozi bo'lgan Jahongir akaning mashinasida, bugun mashg'ulotdan qaytishda Yulduz Usmonovaning "Vatan" qo'shig'ini tinglab yozyapman. Boshqacha bo'lar ekan.

Terma jamoamizning mashg'ulotlari haqida biroz kechroq yozamiz. Kundalikni mazmuni boshqacha, shunisi bilan ham kundalikda. Kecha avvaliga Olimpiya qishlog'iga bordik. U erda MOQning ikki vakili Aleksey va Kamoliddin bilan ko'rishdim. Aleksey beyjigimni tasdiqdan o'tkazib berdi. Ammo menga media qishloqqa kirish mumkin emas. Faqat media markazda ishlay olaman. Ammo tanishing bo'lsa yaxshida. Yaqinda saytda Oybek Kasimovni tabriklagan edim. O'shanda, u kishini kimligini ko'pchilik bilmagan edi. Oybek Omilovich MOQning bosh kotibi. Toshkent shahar futbol federacyaisida 5 yil birga ishlaganmiz.Tanishim shu aka, mana vatan uchun olimpiya shaharchasi uchun bitta hujjat tayyor bo'lyapti. Ikki kundan keyin o'sha erda ishni qaynatamiz. Sababi ertaga o'yin bilan bo'laman.

Media markazda biz uchun yaratilgan sharoit alo. Koreys millatiga mansub, ammo turli davlatlarda tahsil olayotgan talabalar volontyorlik vazifasiga jalb etilganlar. Hozircha musobaqa boshlanganligi shaharda ko'zga tashlanmagan. CHunki faqat futbolchilar kelishgan. Yana ikki kundan keyin Incheon qaynaydi. O'zbekiston delegaciyasiga ikkita podezddan iborat 16 qavatli bino ajratilgan. Bitta xonadonda etti nafarga yaqin futbolchilar turishibdi. 16 sentyabrdan boshlab qolgan sportchilarimiz ham binoni to'ldira boshlashadi. Bugunga qadar kanoya va eshkak eshish musobaqasida qatnashadigan sportchilarimiz kelishgan.

Jurnalistlar ham hozircha u qadar ko'p emas. Endi kelishsa kerak. Koreyadagi muxlislarimiz o'yingga tayyorlar. Afsuski chiptalar savdo kassalariga chiqqarilgan ekan. Bizning pulda 30 000 so'm ekan. Seuldagi "Seyjong De" universitetida tahsil olayotgan talabalarimiz uchun, univesitet rektori ikkita bepul avtobus tashkil qilib berayotgan ekan. Bu ham Koreyada hurmatimiz baland ekanligidan bo'lsa ajab emas. Bugungi kunga kelib bu davlat bilan katta hamkorliklarni o'rnatib bo'lganligimiz hech kimga sir emas.

Bugun tunda o'zbekistonlik yurtdoshlarimiz bilan futbol o'ynaymiz. Kelishdan avval charm qo'lqoplarni olish yoddan chiqmagan. Mashg'ulot haqida birozdan so'ng.



Sardor Rashidov ertaga SHuhrat Maqsudovga gol sovg'a qilsa ajab emas




16 qavatdan iborat 601 uyga O'zbekiston delegaciyasi joylashgan




Jahongir akadan O'zbekistonga salom




Buyog'iga charchash yo'q




Pokiston terma jamoasi mashg'ulotlardan qaytmoqda




Media shaharchaga kirish


Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика