So’nggi yangiliklar

16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  2 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  2 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  3 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  88 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  5 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  4 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  11 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали сондан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0

Fotomaqola. Gonkong bilan o'yinga tayyormiz! Yangiliklar

Fotomaqola. Gonkong bilan o'yinga tayyormiz!

Bugun mahalliy vaqt bilan soat 13:30da O'zbekiston terma jamoasi Goyang stadionida o'z mashg'ulotlarini o'tkazdi.
Afsuski B guruhi vakillari uchun ajratilgan mashg'ulot maydonlari ancha uzoqda joylashgan. Media qishloqdan 53km masofa, tirbandliksiz 40 daqiqaga yaqin, ish kunlari bir soatdan sal ko'proq yurasiz. Mashg'ulot vaqti ham tushlik paytiga qo'yilgan. Barcha stadionlar bandligi bois, hech kim o'zi istagan vaqtga qo'ya olmaydi.

Mashg'ulot uchun yaratilgan sharoit alo darajada. Goyang stadionida K-Liga CHelenj ishtirokchisi Goyang Xay jamoasi uy o'yinlarini o'tkazadi.

Mashg'ulotlarda Mirjalol Qosimov ikkita bir xil tarkib tuzdi. Sariqlar quyidagicha ko'rinish oldi:

Eldor Suyunov, Egor Krimec, Davron Hoshimov, Islom To'xtaxo'jaev, Azamat Isroilov, Vladimir Kozak, Jamshid Iskandarov, Fozil Musaev, Sardor Rashidov, Igor Sergeev, Navro'zbek Alimov.

Katta ehtimol bilan bu Gonkong terma jamoasiga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushadigan tarkib. Mashg'ulot so'nggida Mirjalol Qo'shoqovich yuqoridagi futbolchilar bilan ishladi. SHuhrat Maqsudov esa quyidagilar bilan:

Nikita Ribkin, Bobur Yo'ldoshev, Salim Mustafoev, SHerzod Fayziev, Akbar Ismatullaev, Dilshod Jo'raev, Farruh Sayfiev, Vohid SHodiev, SHahzodbek Nurmatov.

Mashg'ulotdan avval barcha SHuhrat Maqsudovni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi. Odatga ko'ra Pyotr Gizimchuk Nikita Ribkin va asosiy posbonimiz Eldor Suyunov bilan ishladi. Baxtiyor Ashurmatov esa Saudiya Arabistoni - Laos o'yiniga ketgan edi.

Mashg'ulot boshlanishi oldidan delegaciyamiz vakillaridan biri savol berdi:
- Siz ham Toshkentga biz bilan qaytasizmi?
- Yo'q, sizlar men bilan ketinglar yaxshisi. Men finalga qadar shu erdaman. Sizlar erta ketib qolmanglar tag'in.

Kayfiyatlar alo. Nasib qilsa, ertaga albatta g'alaba qozonamiz. Bugun esa jahon chempionatiga chiqishimiz kerak, Suriyani mag'lubiyaga uchratib.


P.S: Sayt malumotlaridan FE gazetasidan boshqa bironta sport nashri foydalanishi qatiyan man etiladi. Malumotlardan foydalanish uchun mamuriyat bilan aloqaga chiqish talab etiladi.


Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика