So’nggi yangiliklar

10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  0 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  5 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  7 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  1 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  5 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  2 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  8 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  32 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   40 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0

Fotomaqola: Evropa chempionlar ligasi, 4-tur (FOTO) Yangiliklar

Fotomaqola: Evropa chempionlar ligasi, 4-tur (FOTO)

Evropa chempionlar ligasining 4-tur uchrashuvlaridagi eng sara fotolavhalarni tomosha qiling.

"Ayaks" jamoasi kiyinish xonasi


Kavani APOEL darvozasini so'nggi 3 daqiqada ikki bor ishg'ol etdi


Robert to'pni har qanday holatda ham o'ziga qulay tarzda to'xtatib oladi


"SHalke"ning quvonchi uzoqqa cho'zilmadi...


Frank Riberining maydonga qaytishi "Bavariya" raqiblariga ortiqcha muammo tug'dirmoqda...


Torosidis va Alaba "raqs"ga tushishmoqda...


CSKA armiyasi etakchi harbiylari Musa va Dumbiya "shaharlik" "oliftalar"ni tazirini berishdi...


MYUdan ketgan Nanining ishlari yurishib ketdi. Bolakay chempionlar ligasida o'ynamoqda, kamiga gollar kiritmoqda...


Sariq libosdagi futbolchini tanimadingizmi? Haaaaa, bu o'sha oliy ligamizda to'p tepishga muyassar bo'lgan "Nasaf" jamoasining sobiq azosi Andrey Yakovlev bo'ladi...


BATE futbolchisi "SHaxtyor" hujumchisi Luis Adrianoni boshqa gol urmaysan deb do'pposlamoqda...


Silessen Messidan ikkita gol qabul qilib oldi


Neymar esa "Ayaks" darvozasiga yo'l topa olmadi...


Qafasdan qaytgan Suarez Kellinini tishlaganidan buyon rasmiy o'yinlarda ishlari yurishmayapti...


David Luiz hakamdan raqib futbolchisiga ogohlantirish ko'rsatishini talab qilmoqda...


"Roma" darvozasiga ajabtovur gol urgan futbolchi - Mario Gyotce


Noyer butun o'yin davomida bekor o'tirmaydi. Darvozasi tomon hujumlar tashkil etilmayotgan bo'lsa, unda ushbu posbon jamoasi hujumlarini boshlab beradi. Ammo istalgan paytda sodir etiladigan xavfni bemalol bartaraf eta olishini ko'p bora isbotlab kelmoqda. Kechagi o'yinda ham avvaliga Jervino va keyinchalik Naingolanning kuchli zarbasini bir necha soniyalar ichida qaytara olishini ko'rsatdi. Kechirasizlar-u, mavzudan tashqariga chiqamiz: "Oltin to'p"ni Noyer berish kerak...!


"Bayer"ning kuchli "uchburchagi" "Zenit" himoyasini dog'da qoldirdi...


Yaya Ture uyalmay qilgan ishiga, yana uyalmay etiroz ham bildirganiga qarang...


Ronaldo bu safar gol urmadi. Ha, "Real" - "Liverpul" uchrashuvida penalti belgilanmadi...


"Yuventus"ga muhim g'alabani keltirgan gol muallifi - Pol Pogba


Bizlarda ham o'yindan oldin muxlislar shunaqangi chiroyli "selfi"lar olishadimi? Instagramni "gullatish" uchun...


Quyida o'yinlardagi boshqa fotolavhalarni ham tomosha qilishingiz mumkin...


SHahboz Beg'amov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика