So’nggi yangiliklar

21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  25 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  2 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  42 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  1 19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  5 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  5 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  12 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  20 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1

Fotomaqola. Anzur Ismoilov "DINAMO"da! Yangiliklar

Fotomaqola. Anzur Ismoilov "DINAMO"da!

Bundan roppa - rosa 9 yil avval Anzur Ismoilov ijara asosida bir mavsumni Samarqandda, "Dinamo" safida o'tkazgan edi.

Bugunda Xitoyning "CHanchun Yatai" jamoasi sharafini himoya qilayotgan terma jamoamiz himoyachisi faoliyatini Toshkentning "Traktor" klubida boshlagan edi. 

12 yil ichida Anzur "Traktor"dan terma jamoagacha bo'lgan ancha uzun yo'lni bosib o'tdi. Keling, suratlar orqali buni yodga olamiz.




2006 yil. 2003 yil "Traktor" safida oliy ligada debyut qilgan Ismoilov birinchi davrada ikkita o'yinda maydonga tushadi va mavsumni "Paxtakor" o'rinbosarlari safida yakunlaydi. 2004 va 2005 yillarni ham u o'rinbosarlar safida o'tkazdi. Doimiy ravishda 18talik ro'yxatdan joy olsada, unga shu yillar davomida uch marotaba asosiy tarkibga kirish nasib etgan. 2006 yil esa Anzurni Agamurodov Samarqandga olib ketadi. Ikkinchi davraning barcha o'yinlarida maydonga tushgan qahramonimiz, mavsum kashfiyotiga aylanadi va o'z hisobiga uchta gol yozib qo'yadi.




2007 yil. Bir yil o'tib Ismoilov yana "Paxtakor"ga qaytdi. U yillari Ismoilov yarim himoya chizig'ida harakat qilar edi. Bu paytda "Paxtakor" himoyasining markazida yana bir yosh futbolchi Kleckov va oliy liga tarixidagi eng yaxshi legionerlardan biri bo'lgan Gochkuli Gochkuliev harakat qilardilar. Anzur shu yili ikkinchi davradan boshlab asosiy tarkibdan joy oldi.




2008 yil. 2008 yil Gochkuliev jamoani tark etganidan so'ng Ismoilov "Paxtakor"ning markaziy himoyasidan o'rin oldi va 2010 yilgacha o'z o'rnini hech kimga berma keldi. Bu orada u terma jamoaning ham muhim o'yinchilari qatoriga kira oldi.

 



2009 yil. Garchand, chempionlikni qo'ldan boy bermasada, Anzur Ismoilov "Bunyodkor" uchun OCHLda juda ham kerak edi. Suratga bir qarang, Ismoilov, Ahmedov va Geynrixga ega jamoa o'sha yili O'zbekiston chempioni bo'la olmasdi. Juda ham kuchli edi chempionatimiz. "Bunyodkor"ning shartlari Ismoilov va "Paxtakor"ni to'liq qoniqtirdi va 2009 yil Anzur uchun sherlar safidagi so'nggisi bo'ldi.




2010 yil. Sportdan boshqa istagan sohangizda umr davomida faoliyat olib borishingiz mumkin. Lekin futbolning qoidasi boshqa. Qisqa faoliyat davomida hamma ham yaxshi jamoada o'ynashni istaydi. 2010 yilni Rivaldo bilan birga "Bunyodkor"da boshlagan himoyachimiz mamlakat chempioni bo'ldi. 2011 yil esa unga ilk marotaba horijdan yaxshi taklif tushdi.




2011 yil. Terma jamoamizning Qatar maydonlarida bo'lib o'tgan alo yurishidan keyin ko'pchilik qatori Anzur Ismoilovga ham horijdan taklif tushdi. Xitoyning "CHanchun Yatai" klubi hamyurtimiz bilan uzoq muddatli shartnoma tuzdi.




2012 - 2014 yillar. Anzur Xitoy super ligasi tarixidagi eng yaxshi va muqim o'ynagan himoyachilardan biri bo'ldi. 2014 yil yatailiklar u bilan tuzilgan shartnomani yana ikki yilga uzaytirdilar. Mana 5 yildirki futbolchimiz chin o'lkasida to'p tepib kelyapti.




2015 yil. Barchamiz kabi uning ham maqsadi bitta - JCH!




Bu surat esa FINISH uchun. Sobiq MHSK stadionida bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston va Rossiya olimpiya terma jamoalari o'rtasida kechgan o'yin avvalida Ismoilov va Mullajonov.


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика