So’nggi yangiliklar

03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  0 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  0 01:55Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" 2:1  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  3 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  16 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   35 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  221 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  12 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21

FOTOGALEREYA. OAV va "Mashal" o'rtasida uchrashuvni o'zbek "Nishimurasi" boshqardi Yangiliklar

FOTOGALEREYA. OAV va "Mashal" o'rtasida uchrashuvni o'zbek "Nishimurasi" boshqardi

Xabaringiz bor, bugun Muborakda o'zgacha kun. O'z paytida OCHLda yurtimiz sharafini himoya qilgan "Mashal" 30 yoshda!
SHu munosabat bilan Qashqadaryo va Toshkentdan 10 nafarga yaqin OAV xodimlari Muborakka tashrif buyurdilar. Soat 11:00da kecha "Mashal" o'rinbosarlari chempionlikni nishonlagan stadionda OAV mezbonlar murabbiylariga qarshi bahs olib bordi.

Birinchi bo'limda OAVning tarkibi quyidagicha ko'rinish oldi:
Nodirxo'ja Yuldashev, Zafar Qosimov, Islombek Rustambekov, Ziyodulla Safarov, Olim Tolipov, SHuhratbek Jo'raev va yana ikki nafar "Mashal" akademiyasida darvozabonlar maydondagi futbolchi rolida harakat qilishdi.

"Mashal" esa ancha jangovor tarkibda edi. Jamoa vice-prezidenti Ilhom Qurbonov, faxriy futbolchilardan Vali Keldiev, Dilshod Andaev, Ikrem Repatov, Umid Bobonazarov, SHerzod Andaev va professional darvozabon Aktam Berdiev.
Bosh hakam: 60 yoshni qarshi olgan To'ra SHoymardonov ("Mashal" klubining faxriysi)

Birinchi bo'limda OAV 3:1 hisobtda imkoniyatni boy berdi. Ayniqsa o'rtada harakat qilgan Islombek Rustambekov rosa "qovun" tushirdi. Ikkinchi bo'limda ikkita o'zgarish bo'ldi. OAVdan Nodirxo'ja Yuldashev bidan Ziyodulla Safarov "Mashal"ga, Ilhom Qurbonov va Aktam Berdiev OAVga o'tdilar.

SHou emasmi, uchrashuv bosh hakami To'ra doda, zap teatr qo'yib berdilar. "Mashal" 2:1 hisobida oldinga o'tib olgan payt hakam Vali Keldievni o'z darvozasi oldida qo'pollik bilan yiqitildi degan xulosaga keldi va OAV darvozasi tomoniga penalti belgiladi. Bunaqasini hali ko'rmagansizlar, Vali akaga "qani, hech qaeringizga tuproq ham bo'lmagan-ku" degan etirozga, erdan bir uyum tuproqni olib qo'liga surtib olishi bilan yakuniga etdi. Penaltidan maydon egalari hisobni 3:1 ko'rinishga olib keldilar.

Ikkinchi bo'lim undan-da qiziq bo'ldi. Uchrashuv jangovor durang holatda yakuniga etishi kerakligi to'g'risida Mirzahakim aka To'xtamirzaevdan "topshiriq" olgan hakam "Mashal" maydon markazidan to'pni o'yinga kiritmaganiga penalti belgiladi. Ikkinchi bo'limda Yuldashev "Mashal" postida emasmi, bu safar o'zining hamkasblariga qarshi duelga chiqishi kerak edi. SHu payt Islombek Rustambekov yillar davomida ishlab kelayotgan sayti rahbari bilan duelga chiqsa deng. "O'tirib" qo'ydi, darvozabonning mahorat ko'rsatgan bo'lsa-da, qayta zarbaga birinchi bo'lib yugurib kelgan Qurbonov gol urdi: 4-3. SHundan keyin hakam "Mashal" urgan gollarni orqaga qarab hisoblay boshladi. Bu orada hisob 5:5 ko'rinish oldi. OAV jamoasi o'z jarima maydonchasi ichida qo'pollik ishlatdi. Ziyodulla Safarov 11 metrlik nuqta oldida, ammo uning zarbasini darvozabon qaytardi. Hakam esa to'p boshqatdan tepilishi kerakligini ko'rsatdi. SHunda Yuldashev Safarov oldiga kelib allanimalarni aytdi. Keyin bilsak, bu oliy ligada Farhod Tojiev eplay olmagan ishni amalga oshirish operaciyasi ekan. Ziyodulla Safarov to'pni 1 metrga yumalatdi, uning ortida turgan Yuldashev bir urinishda gol urdi, 7:5. Ammo hakam buni 6:6 deya baholadi va penaltilar seriyasi.

Penaltilar seriyasi 7 metrlik standart darvozada bo'ldi. Bu erda ham hakam g'alati hisob-kitobni olib bordi. Yuldashev 3ta, Berdiev esa bitta penaltini qaytardi, ammo hisob durang bo'ldi.

Xullas, hozircha shular, shou davom etadi, faqat "Mashal" - "Nasaf" uchrashuvi jiddiy bo'lishi aniq. FIFA.uzda Suyunovni darvozasiga qo'yganlar, "battar" bo'ling, bugun asosiyda O'tkir Yusupov.

Albatta, bularning bari hazil, shunchaki OAV va "Mashal" jamoalari o'rtasida kichik shou bo'ldi.



Jurnalistlar jamoasi

 


Xayrulla Xoliqov, Komiljon Jumaev va Mirzahakim To'xtamirzaev.



"Mashal" klubi vice-prezidenti Ilhom Qurbonov ham shouda ishtirok etdi.



Esdalik uchun surat.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика