So’nggi yangiliklar

00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  0 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  34 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0 20:26Суперлига. "Сўғдиёна" ОКМКга 4 та гол урган оқшомда Бошкович илк бор Қосимовни мағлуб этди  47 19:50Моуриньюга АПЛдан янги вариант пайдо бўлди  3

Flik: “CHelsi” o'z uyidagi bahslarda har qanday raqibga bosim o'tkaza oladi” Yangiliklar

Flik: “CHelsi” o'z uyidagi bahslarda har qanday raqibga bosim o'tkaza oladi”

“Bavariya” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik ECHL 1/8 finalida “CHelsi”ga qarshi bahs oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Lempard jamoasi yosh bo'lishiga qaramay, tezkor qarshi hujumlar uyushtirib, doim raqib darvozasi oldida xavf tug'dira oladi. Ayniqsa, uy uchrashuvlarida “CHelsi” raqiblariga oson tutib bo'lmaydi.

“RB Leypcig”ga qarshi bahsni hisobga olmaganda Germaniya chempionatining barcha uchrashuvlarida raqib darvozasiga yo'l topa olayapmiz. Bu tarafdan olib qaraganda natijalarimiz maqtashga arzigulik. Ertangi bahsni sabrsizlik bilan kutayapman. Bu stadiondagi bahsni anchadan buyon istagandim. "Stemford Bridj"da ilgari ham bir necha bor mehmon bo'lganman, jumladan o'tgan yili “Ayntraxt” bilan.

Koutinoning mashg'ulotlardagi harakatlarini ko'rib xursand bo'laman. U futbolga borini bergan. Bazida o'zidan juda ko'p narsalarni talab qiladi, doim o'yin taqdirini hal qilishni istaydi. Men futbolchi sifatida ham, inson sifatida ham uni qadrlayman. Robert Levandovski faoliyatidagi eng yaxshi o'yinini namoyish etmoqda. U o'ziga juda ishonadi va o'z uslubini topib olgan. “CHelsi”ga qarshi bahsda ham u shu ruhda o'ynashda davom etadi. Robert biz uchun muhim futbolchi” deya Flikning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda UEFA rasmiy sayti.

ECHL 1/8 finalidan o'rin olgan “CHelsi” – “Bavariya” uchrashuvi 25 fevraldan 26 fevralga o'tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика