So’nggi yangiliklar

01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  4 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  2 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  6 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  56 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  8 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  41 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9

"FK Davr"dan Bir shingil hangoma. Kasillas "Real"dan ketibmish... Yangiliklar

"FK Davr"dan Bir shingil hangoma. Kasillas "Real"dan ketibmish...

Teglar :  FK Davr Hangoma
Saytimizning faol o'quvchisi FK Davr bundan buyon qiziqarli hangomalarni yozib turishini aytdi.

Ko'cha shevasida yozilgan ilk hangoma Iker Kasilyani "Real"dan ketishiga chiday olmay yurgan muxlislarga bag'ishlanadi.



- Nimaymish Ikr Kasillas degani "Real"dan ketibmish. Xuddi yaxshi ko'rgan qizi boshqa birovga erga tegib ketganday, uch kundan beri na bir tuzukroq ovqat eydi, na bir ish qiladi bu ahmoq. Vey, odam bilan bundoq ochilib gaplashmaydiyam-da. Erbag'irla-ab yotibdi. Ana Ergash qassobni kenjasiyam qishloqdan ketdi. Xech kim aza ochib yurgani yo'q, bunga o'xshab. Bo'lmasa shu bolayam to'pni yaxshi tepardi. Necha marta shuni orqasidan boshqa qishloqlarni yutib o'rtaga qo'yilgan pulmi, echki-uloqmi olib yurishuvdi. Mana endi bittayam go'l urolmay yutqizib yuribdiymish go'llar. SHu bolaniyam xotini chatoq chiqdimi deyman-da, kelin bo'lib tushganiga ikki yil bo'lmay eriniyam olib shaxarga jo'navorishdi. Qishloqda yashashmasmish. 

Vey, shaxaringda pishirib qo'yibdimi, yuraver otangni davlatini soyasida eb-ichib, tayyor uying bo'lsa, desam, "E, ota sig'ishtirishmayabdi-da, xotingayam kun berishmayabdi" deydi. Kim bilsin o'sha Ikr Kasillas deganniyam sig'ishtirishmagan bo'lsa ketgan chiqar. SHu desang jiyan oldingga kelganim boisi, gap bor. Mana sen psixlarni do'xtirisan-a? 

-Tog'a men psixologman, psix do'xtirmas, dedim so'rida o'tirgan tog'amning gaplarini zavklanib tinglarkanman. 

-Vey, siz o'qiganlar dono-yu, biz bir avom qishlaqimiz-da a? Ana o'zing aytib turibsan psixologman deb, demak psixlarni davolay olasan. Bizni shu arzanda erkatoyniyam tuzatib bermasang bo'lmaydi. 

- Tavba deng-ey tog'a, o'g'lingiz soppa-sog'ku. 

- Sog'amas-da bu sog'amas, sog' bo'lganda Ronoldo'ni sevaman dermidi, ovsar. Men o'ylabman bironta chet ellik ashulachi qizdir-da deb, keyin bilsam erkak kishi ekan u. Mana, kecha ertalab "tur o'rningdan, mollarni yaylovga xayda" desam, "ota, boshim og'rib, ko'zimni ocholmayabman" deydi. Uzzu-kun telponga qaragandan keyin kaneshna ochilmaydi-da bu ko'z jonivoram, miyang ham suyulib achigan qatiqdan battar bijg'ib ketgandir-ov, dedim. Bir payt chala-yarim choyini ichib chiqib ketdi, ishtaxayam ketgan. Bir soatlar o'tdimikin bir yarim soatlarmi bir payt eshak yomon bezovta xangrab qoldi-da, obbo yana Eshmatni eshagi keldi-yov buni yoniga deb chiqsam mollar xaliyam joyida turibdi, o'zi eshakni ustiga o'tirvolgan, yoniga bordimam-ki telpondan kalla ko'taray demaydi. Vey bola, dedim, eshakmiya desam eshak ham sendan aqlli ekan, qara xangrashini, ketdik yaylovga deyabdi, xayda tezroq, qorin och, sen choy-poy ichib chiqqandursan biz xali zavtrak qilmadik deyabdi, dedim. SHundayam ko'chaga chiqib yana telponga qaraydi-ya. Yaxshiyam bu eshak minadi agar moshina minsa bormi. Yoshligimda moskvichimda yarim kecha kelsam otam raxmatli xavotir olib uxlamay o'tirardi. Bu kuppa-kunduz kuni valasapid minib chiqsa xavotir olaman-da. Ayniqsa quloqqa tiqadigan navushnik degani yomon ekan. Bir gal sal qopdi SHokirni kamazini tagiga kirib ketishiga, bir Xudo asrabdi-da. SHundan keyin o'sha navushnikiniyam uzib tashladim, telponniyam sindirib tashladim. Ikki kun yomon o'rtandi bola. Vey, alkash aroqni bangi nashasini tashlagandayam xumoridan bunaqa qiynalmagan bo'lsa kerak. O'zimam besh yil oldin nosni tashlaganimda bir xafta boshim og'rib jazavaga tushdim, lekin bunaqasini ko'rmagandim. 

-Ikki kundan keyin nima bo'ldi? dedim qiziqib. 

-Nima bo'lardi, qay go'rdandir yana telpon topib oldi-da. 

Hamsoyam Maruf malim aytdiki bunaqa qilib telpondan qutolmaydi u, uni miyasini davolash kerak, ruxiyatini davolash kerak, dedi. Miyasini do'xtirga davolatarman, ruxiyatini kim davolaydi, kinnachilarga kinna soldiramanmi, desam, ana jiyaningiz psixolog o'shanga ko'rsating dedi. SHunga oldingga keldim-da jiyan. -Ex-xe, gap jiddiy deng tog'a. Men bo'lsam xar doimgi gurungi-da bu chapani tog'amning deb tirjayib eshitib o'tiribman. Albatta davolaymiz. SHu bugunoq boshlaymiz davolashni, deya tog'amga ergashib qishloqqa yo'l oldim.

FK Davr


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика