So’nggi yangiliklar

17:25АПЛда сентябрь ойининг энг яхши мураббийи маълум  0 17:00Перес мегатрансферни режалаштирмоқда  0 16:37"Динамо" – "Навбаҳор" беллашувига ҳакамлар тайинланди  2 16:153 та клуб "Милан" футболчиси билан боғлиқ вазиятни кузатиб бормоқда  0 15:44АПЛ сентябрь ойининг энг яхши футболчисини аниқлади  1 15:22Шу кунлар ҳам келди: Англия терма жамоасида "Манчестер Юнайтед" футболчиси йўқ  6 14:55Ўзбекистон терма жамоаси аъзоси ЖЧ-2026 саралашининг 3-тур рамзий жамоасидан жой олди  15 14:31Ўзбекистон бир киши кам Эронни ютолмаган, аммо гуруҳда биринчи ўринни сақлаб қолган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  6 14:10Киммих: "Ўйинлар камайса, жароҳатлар ҳам камаяди деб ўйламайман"  0 13:42"Ньюкасл" Франция чемпионати голеадорига қизиқиш билдирмоқда  0 13:13"Жирона" спорт директори "Манчестер Сити" таклифини рад қилди  0 12:47"Мени дарвозабон сифатида муҳокама қилишларини хоҳлайман" — Шенсни  0 12:20Дурангдан қониқмадим  49 12:12БАА терма жамоасида Ўзбекистон билан ўйиндан аввал жиддий йўқотиш бор  8 12:01А Сериянинг сентябрдаги энг яхши футболчиси аниқланди  0

Fitna. "Rotor"ni qanday qilib "o'ldirishdi"? Yangiliklar

Fitna. "Rotor"ni qanday qilib "o'ldirishdi"?

Rossiya chempionatining 2020-2021 yilgi mavsumi yakunlandi. Biroq, RPLning so'nggi (30) turida boshlangan "skandal" hali uzoq davom etsa kerak.

Hammasi musobaqada jon saqlab qolish uchun kurashgan jamoalar o'rtasida sodir bo'ldi. 30-tur startiga qadar faqatgina 16-o'rindagi "Tambov"ning quyi divizion (MFL)ga tushib ketgani aniq bo'lib, yakuniy turda "Arsenal", "Ufa" yoki "Rotor" jamoalaridan biri pastga "sho'ng'ishi" kerak edi. Va bu Volgogradning "Rotor" klubi bo'ldi.

Xabaringiz bor, kelishilgan o'yinlarning oldini olish maqsadida futbol musobaqalarida jamoalarning turnir jadvalidagi yakuniy poziciyasini belgilab beradigan oxirgi tur o'yinlarining barchasi bir vaqtda o'tkaziladi. Bu qoida Rossiyada ham ishlaydi. RPLning 30-turidan o'rin olgan barcha uchrashuvlar Moskva vaqti bilan 14:00 da start olishi reja qilingandi. Ammo...

29-turdan keyin RPL turnir jadvalining quyi qismidagi holat shunday edi:

Oxirgi turda Tulaning "Arsenali" "Ufa" maydonida, "Rotor" esa Qozonda mehmon bo'lishi kerak. Guvohi bo'lganingizdek, vaziyat murakkab — uchchala klub ham quyi ligaga tushib ketishi mumkin:

Volgograd jamoasining "Rubin" ustidan qozonilgan g'alabasi uning musobaqada qolishini kafolatlardi. SHunda "Ufa"dan quyi divizionga tushib ketmaslik uchun "Arsenal"ni engishi talab qilinardi. "Rotor" "Rubin"ni engsa-yu, "Ufa" "Arsenal"dan ustun kelsa, tulaliklar kelasi mavsumni MFLda boshlashar edi.

Yuqorida aytganimizdek, 30-turning barcha o'yinlari Moskva vaqti bilan 14:00 da boshlanishi rejalashtirilgandi. Ammo "Ufa" va "Arsenal" o'rtasidagi uchrashuv starti biroz kechikdi. Aniqrog'i, mazkur o'yin "Rotor"ning o'yinidagi natija (1:1) aniq bo'lganidan keyin boshlandi. Volgogradliklar Qozonda "Rubin" bilan durang o'ynagach, "Arsenal"ning musobaqada qolishi oydinlashdi. Va muxlislarning fikricha, tulaliklar o'yinni xotirijam holatda "Ufa"ga "sotishdi" (2:1). Uchrashuv videolavhasini tomosha qilsangiz, ularning fikrida jon borligiga amin bo'lasiz.

1. "Ufa" jarima zarbasidan keyin hisobni ochdi. Bunda "Arsenal" himoyachilari standart amalga oshirilayotgan paytda jarima maydonchasi ichida paydo bo'lgan 2 nafar raqib himoyachisini ataylab bo'sh qoldirgandek...

2. Tulaliklar futbolchisi Maksim Belyaev o'z darvozasiga juda ishonarsiz avtogol urdi.

3. "Arsenal" vakili Gia Grigalava mutlaqo keraksiz vaziyatda to'psiz raqibining oyog'iga tepib, qizil kartochka ishlab oldi.

So'nggi tur bahslarining bir vaqtda boshlanmasligi sport principlari, UEFAning Fair Play principi va RPL reglamentiga zid. Xo'sh, unda Boshqirdistondagi o'yin starti nega kechikdi? Bunga sabab qilib, Ufa shahrida havo harorati 40 daraja issiqni tashkil qilayotgani ko'rsatildi. RPL reglamentida havo harorati 35 darajadan issiq bo'lsa, o'yin o'tkazish majburiy emasligi aytilgan ekan. 

Endi tabiiy ravishda muxlislarda savollar tug'ilyapti. Ularga kimdir javob beradi yoki yo'q, endi ahamiyatsiz. Baribir "Rotor" yangi mavsumni quyi ligada boshlaydi. Ammo, bu voqea yana 10 yillar davomida yomon xotiralar bilan, fitna  sifatida eslanishi aniq.

P.s.: Bugun "Rotor" bosh direktori Andrey Rekechinskiy yuristlar bilan maslahatlashib, ligani sudga berish haqida o'ylayotgani malum qilindi. Bu yog'i qiziq bo'ladi. Voqealar rivojini championat.asia'da kuzating.

Muallif :
Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика