So’nggi yangiliklar

23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  5 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  13 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  398 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  3 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2 21:40Луис де ла Фуэнте: "Ямал борасида ҳавотир олмасангиз ҳам бўлади"  0 21:20Вернер қаерга боради?  0 20:58Карло Анчелотти 40 ёшли Модричнинг "Милан"да ўйнаётгани ҳақида гапирди  0 20:18МЛСда тизим ўзгармоқда: "Бу янги эранинг бошланиши бўлади"  2 19:54"Байер" асосий футболчиси "Бавария" кузатуви остида  0 19:10Райс, Ямаль, Дейола... "Пушкаш" мукофоти учун номзодлар эълон қилинди  5 18:44Рафинья "Олтин тўп"ни қўлдан бой бергани ҳақида гапирди  6 18:18Япония Ганани, Корея эса Боливияни доғда қолдирди  2 17:55Хорватиялик футболчи касбини ўзгартиради: у Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан сартарошлик қилди  2

Firdavs Asadov: "Oxirigacha kurashamiz" Yangiliklar

Firdavs Asadov: "Oxirigacha kurashamiz"

Pro-liganing 23-turida "Nurafshon" safarda "Neftchi" bilan bellashdi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakun topdi.

SHu tariqa, mehmonlar Superliga yo'llanmasi uchun kechadigan pley-off bahslariga kichik imkoniyatni saqlab qoldi. O'yindan keyin "Nurafshon" hujumchisi Firdavs Asadov bilan suhbatlashdik.


Bahs haqida

- Judayam kurashlarga boy bahs bo'ldi. CHunki raqib o'z muxlislari qarshisida to'p tepmoqda. Ularga ham g'alaba zarur edi. SHu o'rinda biz ham faqat g'alaba uchun maydonga chiqdik. Lekin  omad bizdan ochiqchasiga yuz o'girdi.


G'alabaga nima etishmadi?

- G'alaba uchun bizda etarlicha vaziyatlar yuzaga keldi, biroq ulardan unumli foydalana olmadik. Inobatga olinmagan jarimadan gol va 11 metrlik nuqtadan foydalanganimizda g'alaba biz tomonda bo'lishi mumkin edi.


Pley-offga yo'l olish imkoniyati borasida

- Hozirda bizda kichik bo'lsa-da imkoniyatimiz bor. Biz oxirigacha kurashamiz. Xudo xohlasa oxirgi turda bor kuchimizni ishga solamiz.


Muvaffaqityasizliklar to'g'risida

- "Nurafshon" jamoasi mavsum avvalidan asosiy maqsadi Superligaga yulanmani qo'lga kiritish edi. Afsuski, ayrim sabablarga ko'ra hozirda pley-off uchun harakat kilmoqdamiz. Ko'plab o'yinlarda o'z darajamizda o'ynay olmadik va bu bizga mavsum yakunida qimmatga tushmoqda. Lekin imkoniyatimiz bor ekan, taslim bo'lmaymiz.


SHaroitlar borasida

- Hozirda sharoitlarga keladigan bo'lsam yomon emas. Avvalambor viloyat hokimimiz Botir Komilovichga minattdorchilik bildiramiz. Ular har tamonlama bizga ko'mak berib turibdi.


Faoliyati haqida

- Jarohatim borligi sababli malum muddat  futboldan chetda qoldim. Lekin vaqt o'ti  yana maydonga qaytdim.  Fursatdan foydalanib menga ishonch bildirganlari uchun Usmon Qudratovichga katta rahmat aytaman. Ular tufayli yana qadrdon jamoamga qaytdim.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика