So’nggi yangiliklar

22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  0 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  77 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  10 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  4 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  15 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  8 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  3 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  9 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11

Firdavs Asadov: "Oliy ligadagi ilk golimni amakimga bag'ishlayman" Yangiliklar

Firdavs Asadov: "Oliy ligadagi ilk golimni amakimga bag'ishlayman"

"Buxoro" - "Metallurg" uchrashuvida gol urgan buxorolik hujumchi Firdavs Asadov o'z fikrlarini bildirdi.
- O'yin yaxshi o'tdi, natijadan juda xursandman. CHempionatdagi hamda oliy ligadagi birinchi golimni urganimdan juda xursandman, birinchi golimni amakimga bag'ishlayman, chunki bugun u kishining tug'ilgan kunlari va bu super golni tug'ilgan kunlariga sovg'a qilaman.

Muxlislarga ko'llab-kuvvatlaganlari uchun katta rahmat, bir necha o'yindan beri mendan gol so'rab yurishgan edi. Men xudoga shukurki bu golni urdim va bu bilan cheklanib qolmaslikga harakat qilaman. Edgar Yakovlievichga ham katta rahmat, menga ishonib deyarli har o'yinga asosiy tarkibda o'ynashga imkon berib kelayotganlari uchun.

Bosh murabbiyimiz hozirgi kunda kamdan-kam murabbiylar qilayotgan ishni qilyaptilar, yani bizday mahalliy va yosh futbolchilarga imkoniyat yaratib, muntazam ravishda ishonch bildirib, eng asosiysi asosiy tarkibda o'ynash imkoniyatini bermoqdalar. Mana bugun yana bir hamshaharim Ravshan Aslanov ham o'zini ajoyib tomondan ko'rsata oldi va bitta golga assistentlik qildi.

Bundan keyin men bosh murabbiyimiz ishonchini oqlashga harakat qilaman va albatta yana ko'plab gollar urishga intilaman.

Saytingizni muntazam ravishda kuzatib boraman, muxlislarning fikrlarini diqqatlik bilan o'qiyman va tanqidlardan keraklli xulosalar chiqarishga harakat qilib kelaman, - deydi Asadov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика