So’nggi yangiliklar

14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  0 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  1 13:21"Реал" Эндрикни қўйиб юборишга рози бўлди  1 12:59Рубен Диаш: “Ман Сити”да янги ўйинчилар пайдо бўлди, лекин сифат ўзгармаган"  1 12:17Уэйн Руни: “МЮнинг ўтган ёзгача бўлган трансфер сиёсати даҳшатли эди"  0 11:53Ўзбекистон U-23 терма жамоаси асосий таркиби эълон қилинди  5 11:37Рауль Кумар: "Қатарга узоққа бориш мақсадида ташриф буюрганмиз ва биздан шуни кутишмоқда"  5 11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  20 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  1 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  4 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  5 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  3 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  27

Firdavs Abdusalimov: "Dinamo"dagi ayrim kishilar tufayli qadrdon jamoamga qayta olmayapman” Yangiliklar

Firdavs Abdusalimov: "Dinamo"dagi ayrim kishilar tufayli qadrdon jamoamga qayta olmayapman”

"Xo'jand" klubi o'z tarkibidagi futbolchilarni saqlab qolmoqda. Xususan, o'zbekistonlik futbolchi Firdavs Abdusalimov ham klub bilan yangi shartnoma imzoladi.

SHundan so'ng futbolchi bilan bog'lanib, fikrlariga quloq tutdik. 

- "Xabaringiz bor, o'tgan yilning ikkinchi davrasida “Xo'jand” klubiga kelib qo'shilgandim. Bu jamoada salkam 5 oy davomida to'p tepdim. Aytish kerakki, ortda qolgan vaqt davomida bir oiladek bo'lib ketdik, chunki bu erda ahil jamoa bor. Qolaversa, jamoa bilan chempionatda 2-o'rinni egalladik va OFK kubogidagi ishtirokimizni taminladik. Bundan tashqari, mamlakat kubogini ham qo'lga kiridik. Mavsum yakuniga etganidan so'ng "Xo'jand" menga yangi shartnoma taklif qildi. Buni o'ylab o'tirmasdan qabul qildim, chunki OFK kubogidek musobaqada to'p tepish istagi yuqori edi. SHu tomonlarini hisobga olib, jamoa bilan yangi shartnoma tuzdim". 

- Jamoa o'z oldiga qanday maqsadlarni qo'ygan?

- Yangi mavsumda jamoa o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ymoqda. Ichki chempionatda g'olib bo'lishni, kubokni yana o'zimizda saqlab qolishni rejalashtirgan. "Xo'jand"ning muvaffaqiyatlariga hissamni qo'shmoqchiman.

- "Dinamo"dan taklif bo'ldimi?

- Bilasizmi, 2019 yilda "Dinamo"dan ketgan bo'lsam, shu paytgacha doim Samarqandga qaytib, o'sha jamoada o'ynagim keladi, chunki tug'ilib o'sgan joyim. "Dinamo" uchun jonimni berib o'ynagim keladi. Doimo bunday chaqiruvga tayyor bo'lib kelganman. Afsuski, ayrim kishilar tufayli "Dinamo"ga qayta olmayapman. "Dinamo"da ko'proq samarqandlik yigitlar to'p tepishini istagan bo'lardim. Negaki, iqtidorli futbolchilar ko'p, biroq ularga imkoniyat berishni istashmaydi. 

- Superligada o'ynab keta olishingizga ishonasizmi?

- Avvalo, hammasi Allohdan. Katta gapirish yoki o'zimni boshqalardan ustun qo'yish emas, biroq menga ham imkoniyat berilsa, albatta, Superligada to'p tepa olaman. Menga ishonch bildirgan murabbiyni uyaltirib qo'ymayman. Afsuski, imkoniyat taqdim qiladigan murabbiyni topolmayapman (kuladi).

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика