So’nggi yangiliklar

09:00Мбаппе ушбу натижага эришган тарихдаги иккинчи футболчи  0 08:32Португалия ЖЧ-2026 га чиққан тақдирда Роналду биринчи турни ўтказиб юборади  0 08:06"Ал Айн Кубоги". Бугун терма жамоамиз Салоҳ бошчилигидаги Мисрга қарши баҳс олиб боради  2 07:41ЖЧ-2026 саралаши. Африка қитъасида ярим финал учрашувлари бўлиб ўтди  0 02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  16 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  0 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  0 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  3 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  3 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  5 22:53Машарипов умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  4 22:28Абдулмалик Анваровнинг ҳолати қандай?  6 22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  22

Yilning eng yaxshi hakami futboldan qanday ketgan edi? Yangiliklar

Yilning eng yaxshi hakami futboldan qanday ketgan edi?

Bugun O'zbekiston kubogining final bahsi o'tkaziladi.

Paxtakor

Odiljon Hamrobekov - 28'

O'zbekiston kubogi. 3-tur

04/12/2021, 16:00

2
:
1
Tugadi

Nasaf

Bahrom Abdurahimov - 38', G'olib G'aybullaev - 75'

45'
90'
24'  SHahzod Azmiddinov
28'  Odiljon Hamrobekov
28'  Farrux Sayfiev
45'  Odiljon Hamrobekov
46'  SHahzod Azmiddinov (Marlen CHobanov)
68'  Abbosbek Fayzullayev (Boyan Matich)
80'  Sardor Sobirxo’jayev (Abror Ismoilov)
80'  Dostonbek Hamdamov (Azizbek Turg’unboyev)
83'  Marlen CHobanov
90'  SHerzod Temirov (Diyor Xolmatov)
34'  Oybek Bozorov
38'  Bahrom Abdurahimov
38'  SHerzod Nasrullaev
60'  Bahrom Abdurahimov (SHahzod Akramov)
60'  Abubakrrizo Turdaliev (Murodbek Rahmatov)
61'  SHahzod Akramov
75'  G'olib G'aybullaev
75'  Sukhrob Nurulloyev
78'  Sukhrob Nurulloyev (Alibek Davronov)
78'  Husayin Norchaev (SHohmalik Komilov)
90'  Umidzhon Ergashev

Samarqanddagi uchrashuvni A. Risqullaev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib borishi malum qilingan edi.

O'zbekiston Coca-Cola kubogi. Final

4 dekabr, shanba

PAXTAKOR – NASAF

Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Timur Gaynullin, Andrey Capenko, Rustam Lutfullin

Nazoratchi: Vladislav Ceytlin

VAR hakami: Ilgiz Tantashev

VAR assistent: Jahongir Saidov

VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko

Komissar: Aleksandr Davidenko.

Malumot uchun, Ahrol Risqullaev 1985 yil Toshkentda tug'ilgan. "Paxtakor"da tarbiyalangan futbolchi faoliyati davomida "Traktor", "So'g'diyona", "Navbahor", "Qizilqum", "Nasaf" va "Dinamo" jamoalari safida to'p tepishga ulgurgan. Markaziy himoyachi 29 yoshida butsalarini mixga ilishga majbur bo'ldi.

Gap shundaki, Ahrol 2013 yilning yozida "Dinamo" bilan shartnomasi bor bo'la turgan bir paytda "Navbahor" ko'rigida ishtirok etdi. Oqibatda, O'FF Futbolchilar maqomi va o'tishi qo'mitasi tomonidan mavsum oxiriga qadar diskvalifikaciya qilindi (Aleksandr Kleckov bilan birga). 

2014 yil avvalida "Navbahor", "Neftchi" va "Andijon" ko'rigida bo'lib, o'zini ko'rsata olmagan Risqullaev shu yilning mart oyida butsalarini mixga ilib, futboldan ketishga qaror qildi

Biroq, u ko'p o'tmay "kambek" qildi. Aniqroq aytsak, sobiq himoyachi 2014 yilning avgust oyidayoq bolalar o'rtasidagi turli turnirlarda referi sifatida ko'rinish bera boshladi. SHu yilning kuzida maxsus kurslarda tahsil olib, 2015 yilni Birinchi ligada boshladi.

Etiborli jihati, Ahrolning arbitrlik faoliyati futbolchiligiga nisbatan ancha yaxshiroq start oldi. U tezlik bilan muvaffaqiyatga erisha boshladi. Risqullaevning Oliy Ligadagi debyuti 2 yil ham kuttirmadi. Uning oliy darajadagi birinchi o'yini 2016 yilgi mavsumning 12-turida o'tkazilgan "Obod" - "SHo'rtan" bahsi bo'lgan edi.

FAKT: 36 yoshli arbitr 2020 yilda O'zbekistonning eng yaxshi hakami, deya etirof qilingan edi. U Superliganing ortda qolgan mavsumida 14 ta o'yinni boshqardi. 

Bugun Ahrol Risqullaev kubok tarixida final o'yinlarini boshqargan 17-referiga aylanadi. Unga bo'lajak uchrashuvda omad va kuch-quvvat tilaymiz!

FAKT: Finalda maydonga tushadigan jamoalar Risqullaevga begona emas. U "Paxtakor" bilan O'zbekiston chempionatida, "Nasaf" bilan OFK kubogida zafar quchgan.

1) Final. "Dinamo" to'ladimi?

2) 5 yil. "Nasaf"ning oxirgi finalidan kimlar qoldi?

3) Final. Ravshan Ermatov — mutlaq etakchi

4) Final. "Nasaf" "Paxtakor" bilan nechanchi marta to'qnashadi?

Muallif :
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика