So’nggi yangiliklar

13:49"Челси" КЖЧдаги бонусларини Диогу Жотанинг оиласига хайрия қилади  2 13:26Дембеле – 2025 йилда голли ҳаракатлар бўйича Европанинг энг яхши футболчиси  11 12:57Мавсум давомидаги энг кўп томошабин Суперлиганинг 18-турига келди  7 12:34Расман: "Милан" Бельгия терма жамоаси аъзоси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 12:10Ямаль ўзининг хатти-ҳаракати билан Фликни ғазаблантирди. "Барселона" мураббийи нимадан норози?  7 11:48"Олтин тўп-2025". Якуний рўйхатдан жой олган 30 футболчининг тўлиқ статистикаси   22 11:19"Реал" "Челси" футболчисини қимматлиги туфайли сотиб олишдан бош тортди  7 10:25Аббосбек Файзуллаев нега янги жамоасида майдонга тушмаётгани маълум қилинди  17 09:56"Интер"га "Челси" ҳужумчиси керак  2 09:27Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган  3 08:58"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди  1 08:29"Барселона" футболчисини 60 миллион еврога сотишга тайёр  2 08:00Луис Энрике: "Бу адолатли ёки йўқлигини билмайман"  5 07:31Here we go! "Ливерпуль" яна бир транферни ҳал қилди  3 07:00Суперлига. "Бухоро" "Хоразм" билан дуранг ўйнади, "Сурхон" эса ўз майдонида "Бунёдкор"ни ишончли ҳисобда енгди  4

FINALgacha... CHiptalar narxi 7000 Evroga chiqdi! Yangiliklar

FINALgacha... CHiptalar narxi 7000 Evroga chiqdi!

"Tottenxem" hamda "Liverpul" o'rtasida bo'ladigan CHempionlar ligasi final bahsigacha uchrashuv atrofida sodir bo'layotgan voqealarni shu sahifada kuzatib boring.

YANGILASH

O'FAning maftunkor xodimasi Yuliya Panina ECHL finalini stadiondan kuzatadi, u "Barselona"ga muxlisalik qiladi :)

22:50. "Championat.asia"ning Evropadagi muxbiri Miron Goyxman ayni paytda Madridda bo'lib, uchrashuvni bevosita yoritish uchun "Vanda Metropolitano" stadioniga etib keldi. 

"O'yinga bo'lgan qiziqish juda kuchli. Birgina Angliyaning o'zidan 10 000 nafarga yaqin muxlis kelgan. Men o'zimni Madridda emas, Angliya ko'chalarida yurgandek his qilayapman. Angliyaliklar o'z odatlaridan kelib chiqqan holda qo'shiq kuylash bilan ovoralar. Qo'ldagi chiptalar narxi 7000 Evroga chiqib ketgan. Qisqasi, bizni qiziqarli final kutayapti", - deydi muxbirimiz.

21:30. Sizningcha, bugun qanday hisob qayd etiladi?


19:45. "O'zimning faoliyatim haqida gapiradigan bo'lsai, omadsiz emasman. 2017-yilni hisobga olmasa, mening jamoalarim 2012 yildan buyon muntazam finallarda ishtirok etmoqda. Yarim finallarda g'alaba qozonish bo'yicha rekord o'rnatgan bo'lsam kerak" - deydi Klopp.

"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp ishtirokidagi matbuot anjumani 


19:35. Roberto Karlos sovrinni "Vanda Metropolitano" stadioniga olib ketmoqda


19:30. Pochettino: "Bugungi o'yindagi eng muhim narsa bu - erkinlik. Siz ko'rgansiz, 7,8 va 9 yoshdagi bolalar singari erkin bo'lib o'ynash juda ahamiyatli. Ushbu bahsda sizni milliard odamlar ko'rayotganini o'ylamaslik kerak". 

 "Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino ishtirokidagi matbuot anjumani 


19:15. Final Reyes xotirasiga bag'ishlab bir daqiqalik sukut bilan boshlanadi


19:05. football.london nashri jurnalisti "Tottenxem"ning boshlang'ich tarkibini quyidagicha taxmin qilmoqda


19:00. O'tgan yilgi finaldagi omadsizlikdan so'ng, van Deyk va Veynaldum bugungi kecha muvaffaqiyatli o'tishidan umidvor. Agar shunday bo'lsa, ular 2013 yildan beri ECHL sohibi bo'lgan birinchi gollandiyalik bo'lishadi. 6 yil avval mazkur sovrinni Aren Robben "Bavariya" klubi bilan qo'lga kiritgan.


18:45. "The Estadio Metropolitano" stadioni Finalga tayyor va jamoalarni kutmoqda

 

18:15. CHempionlar ligasi finali uchun chiqarilgan chipta


17:45. Hech qachon taslim bo'lmaydiganlarning biri. "2ta chipta sotib olamiz"


17:40. Liverpul shahridan Madridga yo'l olgan yigitlar haqida eshitdingizmi? Ular atigi 40 funtlik mashinada yo'lga chiqishgan

FOTO  40 funtlik mashina sotib olgan "Liverpul" muxlisi finalni ko'rish uchun Madrid tomon yo'lga chiqdi


17:35. AQSHning havo-dengiz kuchlari vakili ham "Liverpul" muxlisi ekan. Bu surat erdan bir necha ming metr balandlikda olingan.


17:30. Evropa chempionlar ligasi FINALlari haqida barcha raqamlar — statistika

Malumotlarga ko'ra, ECHL finallarida eng ko'p Paolo Maldini va Krishtianu Ronaldu o'ynagan ekan.


17:25. FOTO  Ronaldo, Karlos va boshqa futbol yulduzlari ECHL finaliga o'z taxminlarini bildirishdi


17:20. Italiya, Ispaniya, Germaniya va Franciyadan keyingi o'rindagi Angliya — Siz hech qaerda ko'rmagan statistika

Osiyolik futbolchilardan dastlab Garri Kyuell, keyinchalik Pak Ji Sun ECHLda g'olib chiqishgan. Bugun bu ishni takrorlash imkoniyati boshqa bir koreyalik futbolchi, Sonda mavjud. Agarda "Tottenxem" g'olibga aylansa, unda Son Xi Myon ECHLni yutgan osiyolik uchinchi futbolchiga aylanadi.


17:15. Muxlislar stadionga kela boshlashdi


15:55. CHempionlar ligasida zafar quchgan murabbiylar


15:50. "Tottenxem" va "Liverpul"ning joriy mavsumdagi natijalari


14:30. CHorak final, yarim final va final ishtirokchilari


13:50. "Vanda Metropolitano"


13:44. "Vanda Metropolitano" stadioni oldida Madrid shahrining ramzi - "Ayiq va yovvoyi qulupnay daraxti" haykali mavjud. Suratdagi kishini tanidingizmi? Bu "Match TV" sharhlovchisi Denis Kazanskiy.


13:40. FOTO  "Liverpul"ning "Vanda Metropolitano" stadionidagi mashg'uloti


13:10. Finaldan oldin Imagine Dragons guruhi o'zining xit qo'shiqlari bilan stadionga tashrif buyurgan muxlislarning kayfiyatini ko'tarishga harakat qiladi. Suratda xonandalar va raqqoslar guruhi


12:57. Stadionda jurnalist va sharhlovchilar uchun ajratilgan joylar.


12:50. Malumot uchun: 2017 yilda qurib bitkazilgan "Vanda Metropolitano"ga 240 mln. evro sarflangan.

Sig'imi: 67,829. Arenaga egalik qiluvchi tashkilot: "Atletiko".


12:30. CHempionlar ligasi 2018/19 mavsumining final bahsi Madriddagi "Vanda Metropolitano" stadionida bo'lib o'tadi. Stadion mavsumning asosiy uchrashuviga tayyor.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика