So’nggi yangiliklar

13:03Бугун ЕЧЛга қуръа ташланади. "Қайрат"га кимлар келади?  0 12:43Конференциялар лигаси саралаши. Бугун Файзуллаев ва Шомуродов жамоаси жавоб учрашувида майдонга чиқади  2 11:34Эшитдик-да! Тимур Кападзе "Пахтакор" бош мураббийи бўлиши мумкин  41 10:48ПСЖ ва "Ювентус" ўзаро келишувга эришди  0 10:23"Челси" 24 йиллик анаънадан воз кечади  5 09:56Икич Фране: "Жамоамиз бу ўйинда ғалаба қозонишга ҳақли эди"  2 09:27Германия терма жамоасининг сентябрдаги ўйинлар учун чақирилган футболчилари маълум  3 08:54МЮ Брунуни сотишга тайёр. Унга нарх қўйилди  8 08:27"Бухоро" "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, тарихда илк бор ярим финалга чиққан учрашувдан ФОТОГАЛЕРЕЯ  9 08:00Жароҳатдан қайтган Месси жамоасини Лига кубоги финалига олиб чиқди  10 07:50Германия Кубоги. "Бавария" меҳмонда 3-лига жамоасини мағлуб этди  1 07:31Аморим кечаги мағлубиятга изоҳ берди  8 02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  12 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  17 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0

"Finalda xato qilishga haqqimiz yo'q" - SHota Arveladze ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

"Finalda xato qilishga haqqimiz yo'q" - SHota Arveladze ishtirokidagi matbuot anjumani

O'zbekiston kubogi finali oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida "Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze jamoa futbolchisi SHerzod Azamov ishtirok etishdi.

Dastlab murabbiy final oldidan o'z fikrlarini quyidagicha izohladi.

- "Finalda xato qilishga haqqimiz yo'q. CHunki bu xatoni to'g'rilash imkoniyati yo'q. Ishonch bilan finalga qadar etib keldik. Ertaga ham shu o'yin va shunday kayfiyatni ko'rsatishimiz lozim bo'ladi. Albatta, finalda o'ynash doim qiyin. Raqib ham anoyi jamoa emas. Umid qilamanki, "Paxtakor" o'zidan kutilayotgan o'yinni ko'rsatadi va 7 yillik tanaffusdan so'ng yana kubokni boshi uzra ko'taradi. Biz finalga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik.

Bu mening murabbiylik faoliyatimdagi ilk finalim. Hayajon bor demagan bo'lardim, aksincha yoqimli hissiyotlarni boshdan kechiryapman. Finalda o'ynash doim yoqimli.

Tarkibda hech qanday yo'qotishlar yo'q. Barcha kurashga shay. AGMKning kuchli taraflari? Bu jamoaning o'yin tashkil etishi yaxshi yo'lga qo'yilgan. Ayniqsa mudofaa chizig'ida tartibdi o'ynashadi. SHuningdek, standart vaziyatilaridan ancha xavfli o'ynashadi", - deya o'z fikrlarini bildirdi. SHota Arveladze.


Keyinchalik jamoa himoyachisi SHerzod Azamov so'z olib, final oldidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- "Finalda hech kimning xato qilishga haqqi yo'q. Menimcha, har ikkala jamoaning saviyasi teng. Finalda oddiy raqib uchramaydi. AGMKda ham tajribali va mahoratli futbolchilar yig'ilgan. O'ylaymanki, biz o'zimizning o'yinni ko'rsatib, finalda muxlislar kutgan sovrinni taqdim etamiz. Nafaqat sovrin, balki chiroyli o'yin orqali ham ishqibozlarni xursand qilmoqchimiz. Finalni Farg'onada o'tkazish avvaldan belgilangandi. Menimcha, finalni bu erda o'tkazilishi har ikkala jamoa muxlislariga qiyinchilik tug'diradi. CHunki finalga yo'l olgan jamoalar Toshkent shahri va Toshkent viloyati jamoalari bo'lishdi. Ammo biz qarorni hurmat qilamiz.

"Lokomotiv" bilan o'yindan so'ng jamoa bilan umumiy guruhda shug'ullanishni boshladim. Jismoniy holatim ham joyida. Mashg'ulotlarda o'zimni yaxshi his qilyapman. Ertaga bu muammo bo'ladi deb o'ylamayman", - deya finalga hozirligini takidladi SHerzod Azamov.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика