So’nggi yangiliklar

21:01ПФЛ Бергер тизимини бекор қилса, янги тақвимда тарихий омиллар ҳисобга олинадими?  0 20:51Моуринью мураббий сифатида ўсишига ёрдам берган футболчи ҳақида гапирди  1 20:25Мбаппе Доннарумманинг ПСЖдаги ҳолати ҳақида: "Бу оғир ва адолатсиз давр"  0 19:58Про лига. "Арал" "Олимпик-MobiUz" билан ўйинда ирода кўрсатди  3 19:36​"Челси" Стерлинг бўйича таклифларни кўриб чиқади  2 19:08"Ал Насср" бир киши кам бўлиб, "Ал Иттиҳод"ни мағлуб этди ва Саудия Арабистони Суперкубоги финалига чиқди  12 18:44Breaking! "Истанбул Башакшеҳир" Аббос Файзуллаев трансфери учун пул тўлади  12 18:33Легионер мураббий ва ҳужумчи, "Динамо" посбони, чиройли гол урган ҳимоячи — Суперлигада 19-турнинг энг яхшилари   5 18:19Суперлига 19-тур рамзий терма жамоаси  1 17:58Каррагернинг фикрича, АПЛ янги мавсумида "Ливерпуль" чемпион бўлади. Невилл талқинида эса "Арсенал"...  1 17:22"Футбол олами". "Нефтчи" Наманганда ғолиб, Абрамов Қосимовдан устун келди, "Андижон"да яна мағлубият  0 16:29"Барселона" янги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  4 15:41"Интер" Онанани ортга қайтармоқчи  1 15:12Рэшфорд: "Барселона" ушбу мавсум треблни расмийлаштириши мумкин"  12 14:43"Челси" ҳужумчиси фаолиятини "Астон Вилла"да давом эттириши мумкин  0

Final bahsidagi penaltilar seriyasida "SHo'rtan" g'olib chiqdi (to'liq sharh) Yangiliklar

Final bahsidagi penaltilar seriyasida "SHo'rtan" g'olib chiqdi (to'liq sharh)

Bugun O'FF suniy maydonida PFL kubogining so'nggi final bahsi bo'lib o'tdi.
Unda yuqorida aytib o'tilganidek vohaning ikki jamoasi maydonga chiqishdi.

O'yinning birinchi xavfli hujumni g'uzorliklar tashkil etishdi.Samandar SHodmonovning zarbasi darvoza to'sini yonidan o'tib ketdi. SHohruh Dostonov hujum tashkil etishda o'yindan tashqari holatda qolib ketdi. 30 daqiqada Eldor Boymatovning kuchli zarbasi to'singa tegib maydonga qaytdi. Birinchi bo'limda jamoalar ko'plab hujumlar tashkil etsada,  hech bir darvozani aniq nishonga olishga erishmadi.

Ikkinchi bo'lim gollarga boy bo'ldi. Dastlabki hujumlardan birida "Mashal" hujumchilari jarima maydonchasi ichiga kirib borishga to'xtatib qolindi. Jarima zarbasini esa G'iyosjon Komilov mohirlik bilan darvozaga joylab qo'ydi. SHundan so'ng hujumlar tashkil etish "SHo'rtan"ga o'tdi. 72 daqiqada Suhrob Berdiev jarima maydonchasi ichida to'xtatib qolindi va hakam penalti belgiladi. 11 metrlik nuqtadan Karpenko unumli foydalandi. 78 daqiqada Karpenkoning burchak zarbasidan so'ng Polvonov boshi bilan darvozani ishg'ol etdi. Ketma-ket hujumlarni samarasiz yakunlagan "gazchilar" so'nggi jarima zarbasiga ega bo'ldi. Markazga belgilangan jarimani darvozabon Botir Nosirov ijro etdi va to'p to'g'ri Jo'raev ustidan o'tib darvozaga borib tushdi. So'nggi daqiqada mag'lubiyatdan qutilib qolgan vakillarimiz penaltilar seriyasiga o'tishdi.

Penaltilar seriyasida Vladislav Ivanov va Zohir Qo'ziboev adashdi. G'uzorliklar esa barcha zarbalarni aniq amalga oshirdi.

PFL kubogining amaldagi sohibi "Mashal" finalda "SHo'rtan"ga imkoniyatni boy berdi.

PFL Kubogi -2015. Final

Mashal (Muborak) – SHo'rtan (G'uzor) – 2:2. 2:4 – penaltilar seriyasi.


Hakamlar: I. Garmashev (Toshkent) – 8,0, N. Anfinogenov (Toshkent) – 8,1, S. Abduraxmonov (Toshkent) – 8,1, A. Risqullaev (Toshkent) - 8
Nazoratchi: I. Mustafin (Toshkent)

Mashal: 30. B. Nosirov, 18. I. Boboxonov, 5. I. Komilov, 6. Q. Baxodirov, 7. D. Jiyamuradov (10. J. Xasanov, 86), 24. S. Raxmatullaev (20. SH. Fayziev, 86), 14. Z. Turaev, 8. A. Omonov (23. V. Ivanov, 76), 17. A. Nabiev (11. X. Murtazoev, 76), 26. Z. Qo'ziboev, 41. SH. Dostonov.

SHo'rtan: 79. T. Jo'raev, 5. A. Alikulov (15. X. G'ofurov, 46), 7. V. Karpenko, 8. S. SHodmonov (6. M. Radjabov, 61), 11. Z. Polvonov, 13. R. Agzamov, 17. M. Kamolov (10. V. Klishin, 53), 18. E. Boymatov, 19. S. Berdiev, 22. L. Ubaydullaev, 44. D. Stanoevich.

Gollar: G'. Komilov (48), V. Karpenko (72,  penalti), Z. Polvonov (78), B. Nosirov (90+5).

Ogohlantirishlar: D. Jiyamuradov (45+1), G'. Komilov 959), R. Agzamov (90+2), T. Juraev (90+3).

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика