Filippe Koutino tanishtiruvdan so'ng nimalar dedi?
08 jan 2018 23:01
Yangiliklar
Filippe Koutino tanishtiruvdan so'ng nimalar dedi?
"Barselona"ning yangi o'yinchisi Filippe Koutino o'z o'yini bilan "Barselona" tarixiga kirmoqchi.
Bu eng yaxshi jamoa. Ronaldino, Rivaldo, Romariolar to'p tepgan klub libosini kiyish ajoyib.
"Bu erda buyuk kumirlar o'ynagan. Bu erda hozir ham dunyoning eng yaxshi futbolchilari to'p tepadi. Bu eng yaxshi jamoa. Ronaldino, Rivaldo, Romariolar to'p tepgan klub libosini kiyish ajoyib. Men klub tarixiga o'z hissamni qo'shishni xohlayman. "Barselona" uchun o'ynash va gol urishni ko'p bor orzu qilganman. Aytish mumkin bo'lsa, bu meni tushimga kirdi. Inestadan o'rganish katta sharaf bo'ladi. Menga "Barselona"ning jamoaviy o'yini juda yoqadi. Men qaerda ko'proq foydali ekanligimni murabbiy hal qiladi", - dedi Koutino.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar