Figu: "OAV Messi va Ronaldu haqida yozmoqda, ammo Marega haqida unutib qo'yishyapti"
13 mar 2019 14:15
Yangiliklar


Figu: "OAV Messi va Ronaldu haqida yozmoqda, ammo Marega haqida unutib qo'yishyapti"
Portugaliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Luish Figu "Portu" hujumchisi Mussa Maregaga etarli darajada etibor berilmayotganini aytdi.
"Marega ajoyib formada, "Portu" esa u bilan yaxshi natijalarga erishyapti. Hozir OAV ko'proq Mbappe, Messi, Ronaldu yoki Saloh haqida yozishmoqda, ammo barcha poziciyadan gol ura oladigan Mussa haqida unutib qo'yishyapti.
Marega o'yinni yaxshi ko'radi, texnikasi kuchli. Agar u mehnat qilishdan to'xtamasa, Eto'O yoki Drogba darajasiga chiqishi mumkin" - deydi Figu.
Mussa Marega joriy mavsum CHempionlar ligasining 7ta uchrashuvida 6ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar