"FIFA.uz"da Eldorbek Suyunovning jamoasi
13 mar 2014 11:34
Yangiliklar

"FIFA.uz"da Eldorbek Suyunovning jamoasi
FIFA.UZda Oliy liganing yangi mavsumiga jamoa tuzish boshlangani haqida xabar bergandik.
Bir qancha yangiliklar qo'shilgan FIFA.UZda hozirga qadar 700dan ortiq jamoa tuzildi.
Bu o'yinni muxlislardan tashqari futbolchilar, jurnalistlar va futbol jamoatchiligi orasida qiziqish uyg'otgan. Jumladan, O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Nasaf" klubi darvozaboni Eldorbek Suyunov 2014 yilgi mavsum uchun o'z jamoasini tuzdi.
"FIFA.UZ loyihasi shaxsan menga juda yoqdi. Ushbu musoboqada ishtirok etishni rejalashtirgandim. Yaqindagina 1-tur uchun o'z jamoamni tuzib chiqdim", - deya gap boshladi O'zbekiston milliy terma jamoasi posboni.
Hujumda Zafar Polvonov, Farhod Tojiev va Oleksandr Pishurni tanladim. Ushbu "trio"ni tanlashimning boisi, o'tgan mavsumda aynan shu forvardlar ko'plab gol kiritishgandi. Bu yilgi mavsumda ham ular ushbu faollikni davom ettirashadi deb o'ylayman. Jamoamizdan Artur Gevorkyan va Ilhom Yunusovni o'z jamoamga qo'shib oldim. Sababi, bu ikki tajribali futbolchilar ko'plab gol va golli paslar berishadi va tabiiyki, meni ikkala jamoam uchun ham ochkolar ishlashda davom etishadi deb umid qilaman. Darvozada o'zimni va Ignatiy Nesterovni olishni lozim topdim. Igantiyni olganim u ko'p o'yinlarda o'z darvozasi daxlsizligi saqlab keladi.
Birinchi turda o'z darvozamdan to'p olib chiqmaslikka harakat qilaman. Jamoa sardori etib avvaliga Artur Gevorkyanni tanlamoqchi edim, lekin Ara yarim himoyachi. "Bunyodkor" o'z uyida o'ynashini inobatga olib, Pishurga sardorlik bog'ichini topshirishga qaror qildim. Bu virtual Oliy Liga chempionati ham qiziq bo'ladi deb o'ylayman", - deydi "Nasaf" darvozaboni Eldorbek Suyunov.
SIZ hali jamoa tuzmadingizmi? SHoshiling, o'zingizni murabbiy sifatida sinab ko'ring. FIFA.UZ da ishtirok etib do'stlar orttirish va sovg'alar yutib olish mumkin.
Birinchi tur uchun dedlayn 15 mart kuni soat 12:00da tugaydi.

Fikrlar