So’nggi yangiliklar

10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  2 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  5 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   2 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  2 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   8 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  14 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  3 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  15 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  35 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  421 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  9 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0

FIFA.uz. Aziz Mirza: "CHempionlik unvonimni munosib himoya qilaman" Yangiliklar

FIFA.uz. Aziz Mirza: "CHempionlik unvonimni munosib himoya qilaman"

"FIFA.UZ" oliy liganing amaldagi g'olibi Aziz Mirza, yangi mavsumda ham chempionlik uchun kurashishini bildirdi. Bu safargi sovg'a ancha jiddiy.
Loyihaning birinchi davra g'olibi 6-20 sentyabr kunlari Tailandda bo'lib o'tadigan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga borish huquqini qo'lga kiritadi.

"Men o'tgan yili "FIFA.UZ" loyihasida "Bunyodkor" nomi bilan qatnashib, shu nomga munosib tarzda O'zbekiston oliy ligasining oltin medallarini qo'lga kiritgan edim. Bu yil ham o'z nikimni saqlab qolgan holda, chempionlik unvonini munosib himoya qilishga harakat qilaman", - deydi loyihamizning amaldagi g'olibi Aziz Mirza.

"Orada kuchli beshlik chempionatlarida ham qatnashib ko'rdim, ammo muvaffaqiyatga erisha olmadim. Men uchun o'zimizning oliy liga qadrliroq. "FIFA.UZ" loyihasi orqali oliy ligamiz bilan chuqurroq tanishishga harakat qilyapmiz. Bu esa muxlislar o'rtasida axillikni ham uyg'otadi. CHunki mening tarkibimda "Nasaf" yoki "So'g'diyona" jamoalaridan ham futbolchilar bo'ladi va men g'alaba qozonish uchun bu jamoa o'yinlarini ham kuzataman".

Yangi to'rt xizmat haqida, chempion shunday deydi:

- Bu mavsumdan "FIFA.UZ"da yulga qo'yilgan to'rtta yangi xizmat menga yoqdi va hammasini yoqtirib oldim. Endi bemalol bir-birimizni jamoalarimizni ko'rib turamiz.
Bu yilgi mavsumdan oldin, yangi ishtirokchilarga maslahatim, har bir tur oldidan jamoangizda transferlarni iloji boricha dedlaynning oxirgi vaqtiga qadar surib, "championat.asia" saytidagi oliy liga haqidagi malumotlarga tayanib qiling. Masalan, o'sha ozgina vaqtda ham sizga kerakli malumot chiqib qolishi mumkin. Keyin hissiyotlarga berilib, faqat o'zingiz muxlislik kiladigan jamoaning yoki o'yinchining natijalariga ishonib qolmang.

"FIFA.UZ" o'yinini yangi boshlayotgan va o'tgan mavsum biz bilan birga o'ynagan hamma ishtirokchilarga omad yor bo'lsin!

Olg'a oliy liga-2014 !

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика