So’nggi yangiliklar

08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  0 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  3 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  7 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  14 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  24 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  3 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  24 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3

FIFA.com: O'zbekistonlik o'smirlarda ishonch kuchli Yangiliklar

FIFA.com: O'zbekistonlik o'smirlarda ishonch kuchli

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi BAAdagi jahon chempionatiga yuqori maqsadlarni ko'zlab tashrif buyurdi.
Bu jamoa 2011 yil Meksikada o'tkazilgan mundialda chorak finalgacha borgandi. Mana ketma-ket ikkinchi bor “Oq bo'rilar” chorak finalga chiqishga yaqin turishibdi. Buning uchun Gonduras mag'lub etilsa kifoya.

O'zbekistonning bo'lajak raqibi Gonduras futbol olamida jarangdor nomga ega emas. Ular o'zlari uchun yangi tarix yozishga harakat qilishyapti. O'zbekiston o'smirlar termasi bosh murabbiyi Dilshod Nuralievning aytishicha, Gonduras bilan o'yinda ancha ehtiyot bo'lib to'p surish lozim. CHunki bir qarashda mashhur bo'lmagan jamoadan har narsa kutish mumkin.

“Gonduras – tezkor o'yinchilarga ega juda yaxshi jamoa, - deydi Nuraliev. – Biz ularning o'yinini ko'rdik va raqib haqida malum tasavvurga egamiz. O'ylaymanki, o'yin hech bir tomon uchun oson kechmaydi”.

Malumki, bugungi uchrashuvni asosiy futbolchilardan biri Jamshid Boltaboev o'tkazib yuboradi. Gonduras safida esa yo'qotishlar yo'q. Boltaboev FIFA rasmiy sayti vakili bilan suhbatda shunday dedi: “Gonduras – yaxshi jamoa. Biz ularning BAAga qarshi bahsini ko'rdik. Ular kuchli futbol namoyish etishadi, lekin biz ham qarab turmoqchi emasmiz. Albatta, bu o'yinda ishtirok eta olmaslikdan afsusdaman, lekin jamoadoshlarim mensiz ham g'alaba qozonishni uddalay olishadi deb o'ylayman”.

O'zbekiston o'smirlar termasi guruh o'yinlarida atigi bitta gol o'tkazib yubordi va bu borada eng yaxshi ko'rsatkichni qayd etdi. “Biz har bir o'yinda himoyani unutmagan holda to'p suryapmiz, - deydi Dilshod Nuraliev. – Agar raqibga to'p kiritish imkonini bermasak, bizda gol urish varianti yuzaga keladi. Hozircha hammasi shunday davom etmoqda va o'ylaymanki, bundan keyin ham shundayligicha qoladi. Xorvatiya bilan o'yindan so'ng yigitlarni alohida tabriklab qo'ydim, chunki ular hamma aytganlarimni qilishdi. Futbolda hech narsa kafolatlangan emas. Hammasi bajarayotgan ishingga va futbolchilarga qanchalik ishonishingga bog'liq. SHu bois ham biz faqat olg'a qarab davom etyapmiz”.
 
Xayrullo Xoliqov tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика