FIFA zilzila tufayli Turkiyadagi transfer oynasi muddatini uzaytirdi
09 fev 2023 11:40
Yangiliklar
FIFA zilzila tufayli Turkiyadagi transfer oynasi muddatini uzaytirdi
FIFA Turkiyadagi zilzila tufayli transfer oynasi 18 fevralga qadar uzaytirilganini malum qildi.
"Turkiyadagi tabiiy ofat tufayli yuzaga kelgan favqulodda vaziyatni hisobga olgan holda, FIFA Kengashi Byurosi Turkiya Futbol Associaciyasining (TFF) TMS bilan ikkinchi ro'yxatdan o'tkazish muddatini 2023 yilning 18 fevraliga qadar uzaytirishga qaror qildi", – deyiladi FIFA xabarida.
Avvalroq Turkiyada barcha sport tadbirlari bekor qilingan edi.
Eslatib o'tamiz, bir necha kun avval Turkiyada bir qator jiddiy zilzilalar sodir bo'ldi. Eng kuchli qimirlash 7,8 magnitudaga ega edi. Tabiiy ofatlar natijasida Turkiya bo'ylab ko'plab binolar qulab tushdi. Hozirgi malumotlarga ko'ra, qurbonlar soni 12 mingdan oshgan. Yana 63 mingga yaqin odam esa yaralangan.
O’xshash yangiliklar
08:43
Transfermarkt Turkiya chempionatining yangilangan narxlarni elon qildi. Hamyurtlarimizda pastlash 5
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar