So’nggi yangiliklar

09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  4 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  5 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  0 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  8 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  4 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  2 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  3 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1

FIFA va OFK mutaxasisslari yurtimizga tashrif buyuradi Yangiliklar

FIFA va OFK mutaxasisslari yurtimizga tashrif buyuradi

Teglar :  FIFAOFKO'FA
FIFA va OFK vakillari O'zbekistonga kelishadi.

O'zbekiston futbol Associaciyasi tomonidan yurtimizda futbolni yangi bosqichga olib chiqish, futbolni rivojlantirish va ommaviyligini oshirish borasida xorijlik mutaxassislarning tajribasidan unumli foydalanish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O'zbekiston futbol Associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov FIFA hamda OFK prezidentlari bilan uchrashuv chog'ida malakali mutaxassislarni yurtimizga jalb qilish va ularning maslahatlari asosida ishlarni to'g'ri yo'lga qo'yish borasida kelishuvga erishgandi.

Ana shu kelishuvga asosan FIFA hamda OFK mutaxassislari yurtimizga tashrif buyurishadi. Dastlab, 22 fevral kuni FIFAning Mintaqaviy futbolni rivojlantirish menejeri Essam Al-Suhibbaniy Toshkentga keladi. U FIFAning FORWARD loyihasi bo'yicha O'FA xodimlari bilan ish olib boradi. SHuningdek, Essam Al-Suhibbaniy O'FAning moliya bo'limi faoliyati bilan yaqindan tanishib, o'z maslahatlari bilan o'rtoqlashadi.

Bajarilgan ishlarni tahlil qilib, yangi loyihalar bo'yicha tegishli ko'rsatmalar beradi, Texnik bo'limning muammolari, ularning echimlari haqida fikr almashadi.


Bundan tashqari, shu yilning 2 mart kuni OFKning Futbol maydonlari qurilishi bo'yicha yuqori malakali mutaxasisi Pun Youk Yeng yurtimizga keladi. U OFK tomonidan ajratilgan mablag' asosida “CHig'atoy” sport bazasida quriladigan suniy qoplamali stadionning qurilish ishlari bilan tanishadi. Qurilish ishlari bo'yicha o'zining amaliy maslahalarini berib o'tadi.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика