FIFA va OFK instruktori Farhod Abdullaev JCH-2018 1/8 finalidan o'rin olgan Kolumbiya – Angliyada o'yinida ishlaydi
01 iyu 2018 18:13
Yangiliklar
FIFA va OFK instruktori Farhod Abdullaev JCH-2018 1/8 finalidan o'rin olgan Kolumbiya – Angliyada o'yinida ishlaydi
Rossiyada bo'lib o'tayotgan futbol bo'yicha Jahon chempionatiga O'zbekiston birinchi marta bosh hakam, laynsmenlar, hakamlar nazoratchisi va uchrashuv komissaridan iborat to'liq tarkibda tashrif buyurayotgani xaqida malumot berib o'tgan edik.
O'zbekistonlik hakamlar nazoratchisi Farhod Ablullaev shu kunga qadar JCH-2018 guruh bosqichidan o'rin olgan Portugaliya – Marokash bellashuvida ishlagani haqida avval xabar berib o'tgandik.
Endilikda u 1/8 finaldan o'rin olgan Kolumbiya - Angliya uchrashuviga hakamlar nazoratchisi sifatida tayinlandi.
Ushbu o'yin 3 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi. Kolumbiya - Angliya uchrashuvini AQSH mamlakatidan tashrif buyurgan Mark Geyger boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib borishadi.
Fikrlar