FIFA prezidenti Infantino Tramp bilan ko'rishdi: "Biz JCH-2026ni muhokama qildik"
19 jan 2025 17:00
Yangiliklar
FIFA prezidenti Infantino Tramp bilan ko'rishdi: "Biz JCH-2026ni muhokama qildik"
FIFA prezidenti Janni Infantino AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp bilan Floridadagi shaxsiy qarorgohida uchrashdi.
"AQSH prezidenti Donald Trampning bo'lajak inauguraciyasi oldidan uchrashish sharaf edi. Biz shu yilning yozida bo'lib o'tadigan futbol bo'yicha klublar o'rtasidagi Jahon chempionati va 2026 yilgi futbol bo'yicha Jahon chempionatini muhokama qildik", – deb yozdi Infantino.

U Trampga ko'rsatgan etibori va yaqin oylarda FIFAni qo'llab-quvvatlashga roziligi uchun minnatdorlik bildirdi.
"Amerika er sharidagi hamma mehmonlarni kutib oladi, futbol esa butun dunyoni birlashtiradi!", – deya qo'shimcha qildi FIFA rahbari.
2026 yilgi futbol bo'yicha Jahon chempionati uchta davlatda: AQSH, Meksika va Kanadada 2026 yilning 11 iyundan 19 iyuliga qadar bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди
Fikrlar