FIFA "Nasaf"ga Aziz Amonovni ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat berdi
21 fev 2023 16:47
Yangiliklar
FIFA "Nasaf"ga Aziz Amonovni ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat berdi
Keyinroq "Istiqlol" futbolchining "Nasaf" uchun ro'yxatdan o'tishiga qarshilik ko'rsatdi hamda uning transfer sertifikatini tasdiqlashdan bosh tortdi.
"Nasaf" Aziz Amonovda "Istiqlol" bilan shartnomani bekor qilish uchun etarlicha asos bo'lganligini malum qilib, FIFAga xat yubordi. FIFA esa ishni o'rganib chiqdi. Bugun, 21 fevral kuni tashkilotning tegishli palatasi "Nasaf" so'rovini qanoatlantirib, Amonovni Liga ro'yxatidan o'tkazish jarayonini yakunlashga ruxsat berdi.
Malumot uchun, "Nasaf" Aziz Amonovni MyLeague onlayn platformasi orqali ro'yxatdan o'tkazgandi. Ammo jarayonni to'liq yakunlash uchun "Istiqlol" klubining xalqaro transfer sertifikatini taqdim etishi kutilayotgan edi.
Eron jamoasida FIFA qarori yuzasidan apellyaciya kiritish uchun 10 kun vaqt bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar