So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  2 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  18 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  2 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

FIFA Larinning "Neftchi" ustidan qilgan shikoyatini rad etdi Yangiliklar

FIFA Larinning "Neftchi" ustidan qilgan shikoyatini rad etdi

Farg'ona jamoasida o'tgan ikki mavsumda harakat qilgan ukrainalik legioner Oleksiy Larin 2023 yilgi mavsum uchun qarzdorlik yuzasidan "Neftchi" futbol klubi ustidan FIFAga arz qildi.

Ammo shikoyat qanoatlantirilmadi. Klubning malum qilishicha, futbolchi oldidagi qarzlar allaqachon uzilgan.

"Klub futbolchi oldidagi bir oylik ish haqi va 3 ta uchrashuv uchun mukofot pulidan qolgan qarzdorlikni bartaraf qilgan. SHunga qaramasdan, futbolchi klubdan qo'shimcha to'lov undirish yuzasidan FIFAga murojaat yo'llagan.

O'z navbatida, joriy yilning 26 aprel kuni FIFA tomonidan O'FU va Klub huquqshunoslari tomonidan bildirilgan vajlar o'rganib chiqilib, O'FU va Oleksiy Larinning vajlari asossiz ekanligi sababli murojaatni rad qilish to'g'risida qaror qabul qilindi. 

SHuningdek, "Neftchi" futbol klubi moliyaviy qiyinchiliklar sababli ayrim futbolchilar oldida qarzdorliklar mavjudligini tan oladi va tez orada ushbu qarzdorliklar to'liq bartaraf etilishini taminlashini malum qiladi", – deyiladi klub xabarida.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика