So’nggi yangiliklar

08:46Кечаги дурангдан сўнг Гвардиола чемпионлик учун кураш ҳақида гапирди  0 08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  3 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  7 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  14 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  24 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  3 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  24 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3

FIFA agenti Jaloliddin Messud: “Menga O'zbekiston jamoa sifatida yoqyapti” Yangiliklar

FIFA agenti Jaloliddin Messud: “Menga O'zbekiston jamoa sifatida yoqyapti”

BAAda davom etayotgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida bir nechta xorijliklar ham faoliyat olib bormoqda.
SHulardan biri FIFA agenti Jaloliddin Messud. Messud asli tunislik bo'lib bir necha yildan beri FIFA agenti sifatida ishlayapti. Uning mazkur musobaqaga tashrif buyurishdan maqsadi ham o'yinchilarni kuzatish, ham arab va ingliz tilini mukammal bilgani bois matbuot anjumanlari paytida tarjimonlik vazifasini bajarish. Ingliz tilini yaxshi bilgani uchun u bilan suhbatimiz tez va oson kechdi.

-   Jahon chempionati qanday taassurot qoldirmoqda?
-   Juda yaxshi. FIFA agenti sifatida menga bu yoshdagi futbolchilarning harakati maqul kelmoqda. Yosh o'yinchilarda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq kuchli va ular tartib o'yin ko'rsatishmmoqda.

-   SHu paytgacha qaysi o'yinlarni ko'rdingiz?
-   “S” guruhidan o'rin olgan barcha bellashuvlar Fujayrada o'tkazildi. SHu bois bu erdagi hamma o'yinni ko'rdim. Hozircha boshqa shaharga borish imkoni bo'lmadi.

-   Qaysi o'yinlar ko'proq maqul keldi?
-   Menga Marokash hamda O'zbekiston o'smirlar termasi ishtirokidagi bahslar yoqdi. Eng yoqqan uchrashuv esa shubhasiz O'zbekiston –Marokash bahsi bo'ldi. Bunda sizlarning jamoangiz kuchli raqibga qarshi taktik jihatdan juda chiroyli o'yin namoyish etdi.
 
-   Darvoqe, O'zbekiston namoyish etayotgan futbol borasida nima deya olasiz?
-   Birinchi o'yinda hayajon borligi sezildi. Lekin keyingi bahslarda futbolchilar ancha bemalol harakat qila boshlashdi. Men futbolni ozmi-ko'pmi tushunaman, shunday ekan, terma jamoangiz taktik jihatdan kuchli deya olaman. Bu erda ayniqsa murabbiyning roli shundoq ko'zga tashlanyapti.

-   Bizdan qaysi futbolchilarning o'yiniga yaxshi baho bera olasiz?
-   Termangizda alohida ajralib turadigan o'yinchilar yo'q. Hamma bir jamoa bo'lib o'ynashga harakat qilmoqda. Futbolchilar nimaga qodir bo'lsa, butun jamoa bo'lib nimagadir erishish uchun o'z imkoniyatlarini ko'rsatishmoqda. Tushunarli bo'lishi uchun shunday deya qolay: O'zbekiston o'smirlar termasida yulduzlar yo'q, lekin yulduzli jamoa hamda kuchli murabbiy bor.

-   Baribir qaysidir o'yinchilarning harakati yoqqan bo'lishi kerak, to'g'rimi?

-   FIFA agenti sifatida albatta futbochilarni kuzatib boryapman. Menga O'zbekistondan ko'proq 7-raqam (Jamshid Boltaboev) bilan 20-raqamda (Otabek SHukurov) to'p surayotgan o'yinchilar maqul keldi.
   
-   Musobaqa oxirigacha shu erda qolasizmi?
-   29 oktyabr kuni Fujayrada Marokash – Kot-D‘Ivuar bahsi (1/8 final bosqichi) bo'lib o'tadi. Aslida shu erda bo'lishim talab etiladi. Ammo o'zimga qolsa, shu kuni Dubayga borib Argentina - Tunis uchrashuvini ko'rmoqchiman. Axir tunislik bo'lganim uchun yurtdoshlarimni qo'llab turishni xohlayman.


Xayrulla Xoliqov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика