So’nggi yangiliklar

08:28"Андижон" ОЧЛ 2 турниридан қанча пул ишлаб топди?  3 07:59"Реал" Алонсонинг илтимосини бажармайди  1 07:30"Насаф" етакчиларидан бири жамоадан кетаётганига ишора қилди  4 02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  11 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  5 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  4 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  3 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  8 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0

"Fidokor" va "Stroitel Zarafshon" futzal musobaqalaridan chetlashtirildi va PFL qatnashchilari safidan chiqarildi Yangiliklar

"Fidokor" va "Stroitel Zarafshon" futzal musobaqalaridan chetlashtirildi va PFL qatnashchilari safidan chiqarildi

O'zbekiston Professional futbol ligasiga "Fidokor" va "Stroitel Zarafshon" jamoalari tomonidan moliyaviy holat bilan bog'liq muammolar sabab futzal musobaqalarida ishtirok eta olmaslik bo'yicha murojaat kelib tushdi.

"Fidokor" jamoasi 2021/22 yilgi mavsumni Birinchi ligada o'tkazib, birorta g'alabasiz mavsumni so'nggi o'rinda yakunlagan, qo'shimchasiga so'nggi tur uchrashuvlariga tashrif buyura olmagandi. "Stroitel Zarafshon" jamoasi esa xuddi shu mavsumni Oliy ligada o'tkazib, so'nggi o'rinni egallagani oqibatida 2022/23 yilgi mavsumni quyi divizionda davom ettirishi kerak edi.

O'zPFL Ustavining 4.6-bandiga muvofiq jamoa yuqori toifadagi ligada ishtirok eta turib musobaqadan chetlashtirilsa, mazkur jamoada yangi mavsumni bitta quyi divizionda boshlash imkoniyati bo'lishi mumkin edi. "Stroitel Zarafshon" esa Birinchi ligada ishtirok etishi kerak bo'lgan holatida unda ishtirok eta olmasligini malum qildi.     

Yuqoridagilardan kelib chiqib, O'zPFL Ustavining 4.7-bandiga muvofiq "Fidokor" va "Stroitel Zarafshon" klublari futzal musobaqalaridan chetlashtirildi hamda Liga qatnashchilari safidan chiqarildi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика