So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Fevzi Davletov: "Birinchi bo'limda o'yinga moslashish qiyin kechdi" Yangiliklar

Fevzi Davletov: "Birinchi bo'limda o'yinga moslashish qiyin kechdi"

O'zbekiston kubogi chorak final bosqichidan o'rin olgan "Surxon" - "Xorazm" (3:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Davralar oralig'idagi tanaffusdan keyin birinchi bo'limda o'yinga moslashish bo'yicha qiyinchiliklarga duch keldik. Uzatmalarda xatolar, vaziyatlarni yakunlashdagi kamchiliklar ko'zga tashlandi. Penaltidan ham foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda barchasi joyiga tushdi, to'p nazorati va aniqlikka etibor qaratdik.  Bu o'yin bizga Superliga uchrashuvlari oldidan yaxshi tayyorgarlik bo'ldi. Yarim finalga chiqqan ekanmiz, bu bizga ishonch va motivaciya beradi. Olg'a intilishda davom etamiz.

- Amalga oshirilgan transferlar haqida fikringiz?

- Biz o'zimiz hohlagan futbolchilar bilan ishlashni maqsad qilganmiz. Bizning ish uslubimizga tushadigan, berilgan ko'rsatmalarni faol bajaradigan futbolchilarni tarkibga jamlashga harakat qildik.

- Bugungi o'yin uchun 10 ballik baholash tizimida nechchi qo'ygan bo'lardingiz?

- 7 yoki 8 ball. CHunki, tanaffusdan qaytib olishda kamchiliklar bo'ladi. Bugungi o'yinda bizda ham xatolar kuzatildi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика