Feruza Turdiboeva: "O'z o'yinimizni namoyish eta oldik"
16 jan 10:17
Yangiliklar
Feruza Turdiboeva: "O'z o'yinimizni namoyish eta oldik"
Bahs terma jamoamizning yirik 5:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Bahs yakunlanganidan so'ng futzalchimiz Feruza Turdiboeva o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Feruza chiroyli g'alaba bilan tabriklaymiz. O'yin haqidagi taassurotlaringiz bilan bo'lishsangiz. Terma jamoamiz bugun nima evaziga g'alaba qozondi?
- Barchani g'alaba bilan qutlayman. Birinchi o'yin har doim qiyin kechadi. Bugun esa osonroq bo'ldi va g'alaba qayd etdik. O'z o'yinimizni namoyish eta oldik. Murabbiylarimiz tahlil qilib chiqqan xatolarimizdan kerakli xulosalar chiqardik.

- Keyingi Avstraliya haqida nimalar deya olasiz?
- Avstraliyani ham o'rganib chiqamiz. Murabbiylarimiz kerakli ko'rsatmalarni berishadi. Kuvaytdan o'tib oldik endi navbat Avstraliyaga.
- Avstraliyani mag'lub etdik guruhda ulardan o'tib ketish biz uchun qanchalik katta ahamiyatga ega?
- Keyingi bahsda ham g'alaba qozonish juda muhim. Sababi biz Filippinga qarshi ochko yo'qotdik. SHu sabab qolgan uchta o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar