Fernando Lorente Franchesko Tottidan uzr so'radi
12 mar 2014 00:59
Yangiliklar


Fernando Lorente Franchesko Tottidan uzr so'radi
Il Messaggero nashrining xabar berishicha, "Yuventus" hujumchisi Fernando Lorente kecha Tottiga qo'ng'iroq qilib, akasining so'zlari uchun uzr so'ragan.
Ispaniyalik forvardning akasi o'z intervyusida Fernando Lorente italyan tilini shu qadar yaxshi o'zlashtirib olganki, hatto Tottidan ko'ra fellarni to'g'ri qo'llay oladi, deb aytib o'tgandi. Hazil Italiyada yaxshi qabul qilinmadi. SHuning uchun Lorente Tottining telefon raqamini so'rab, aytilgan ushbu g'alati gap uchun kechirim so'radi.

Fikrlar