So’nggi yangiliklar

07:36Модричнинг "Реал Мадрид"даги келажаги маълум  0 01:40Миллатлар лигаси. Австриядан 5:1, Грециядан ғалаба ва Фарер ороллари — Латвия ўйинида дуранг  1 01:12Коке "Атлетико"нинг 2014 йилги чемпионлиги ҳақида: "Ўзимни FIFA ўйинидаман деб ўйладим. Ўшанда "Барселона"да Месси, "Реал"да эса Роналду бор эди, даражани ўзингиз бир тасаввур қилиб кўринг"  3 00:50Биласизми? БАА терма жамоаси футболчиси Ўзбекистонга келса қамоққа олиниши мумкин   13 00:18БАА Тошкентга тўртта йўқотиш билан келди  6 23:21Терзич "Манчестер Юнайтед" бош мураббийига айланиши мумкин  2 22:58Миллатлар лигаси. Англия, Мальта ва Шимолий Македониядан ғалаба, Лихтенштейн — Гибралтар ўйинида нурсиз дуранг  0 22:40Балотелли А Серия клубига ўтишга яқин  0 22:12Эшитдик-да! Ўзбекистон Лаосга чартер рейсда бориб келади  7 21:59ЖЧ-2026 саралаши. БАА Тошкентга тўлиқ бизнес класслик самолётда учиб келди  8 21:26Салоҳ муддатидан олдин Миср терма жамоасидан "Ливерпуль"га қайтади. Нега?  2 20:34Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 20:14Ўзбекистон U-20 терма жамоаси 89-дақиқада урилган гол эвазига Аргентина билан иккинчи ўйинда дуранг қайд этди  10 20:05Миллатлар лигаси. Қозоғистон ўз майдонида Словенияга мағлуб бўлди  13 20:02Назорат учрашуви. "Локомотив" ва "Олимпик" ўзаро дуранг ўйнади  0

Fergyuson boshchiligidagi 10 muvaffaqiyatsiz transfer Yangiliklar

Fergyuson boshchiligidagi 10 muvaffaqiyatsiz transfer

Janob Aleks Fergyuson o'zini nafaqat mashg'ulot jarayoni va o'yinni boshqarishda, balki klub transfer kompaniyasiga ham tasir ko'rsata oladigan klassik ingliz murabbiyi sifatida tanitgan.

SAF dunyoning turli burchaklaridagi iqtidorlarni topa olish qobiliyatiga ega edi, biroq, shotlandiyalik ham transfer bozorida xatoga yo'l qo'yar edi. Ha, bu nafaqat murabbiyning xatosi, balki “qizil iblislarning” o'zlarini to'liq namoyon eta olmaganining natijasi edi. Etiboringizga MYUning eng yomon o'yinchilari ro'yxatini havola etamiz.

Mark Bosnich


Bosnich Manchesterga ikki marotaba qaytgan bo'lsa-da, ko'p o'ynamadi. Faben Bartez kelishi bilan “sustlashib” qoldi. U jismonan baquvvatligi, professionalligi tomondan maqtana olmasada, lekin ovqatni juda yaxshi ko'rar edi. Bu esa Fergyunosni hayratga sola olgan Markning yagona jihati edi.



Xuan Sebastyan Veron

Argentiyalik Veron bu ro'yxatga katta transfer narxi va asossiz taxminlar tufayli tushib qolganini tushinib etish qiyin emas. “Lacio”dan “Albion”ga 46,2 mln evroga ketishi orqali rekord natijani qayd etdi. Manchester Veronni yarim himoyaga qo'shishni mo'ljallagan edi, lekin SAF argentinalik yarim himoyada muvozanatni buzgani uchun sxemani o'zgartirishga majbur bo'ldi. Bundan tashqari, Veron Angliyaga moslashishda bir qancha muammolarga duch keldi. Bundan tashqari, mahalliy iqlim va APL maydonlarida o'ynashning o'ziga xos xususiyati umuman argentinalikga mos kelmadi.



Joze Kleberson

Braziliyalik Kleberson katta iqtidorga ega edi, lekin uni namoyon qila olmadi. Ehtimol, uni juda erta sotib olishgandir. Futbolchi jamoaga kelganida 16 yoshli qizga uylangan bo'lib, o'zi esa 23 yoshda edi. Qiz butun oilasi bilan kelgani sabab, yosh braziliyalik futbolga etiborni qaratishi biroz qiyin bo'ldi. Ingliz tilini o'rganish uchun intizomning yo'qligi vaziyatni yanada og'irlashtirdi.



Erik Djemba-Djemba

Afrikalik o'zining beqarorligi va nomalumligi evaziga garovga olindi. Yulduzlik mavqeiga ega bo'lmagan futbolchilar uchun bu biroz qiyin jarayon. Djemba-Djemba MYU muxlislarining yodida faqatgina maydondagi qo'polligi tufayli qoldi.



Devid Bellion

“Manchester Yunayted”ga qarshi “Sanderlend” tarkibida o'ynagan franciyalik hujumchi harakatlari orqali MYUning bor etiborini o'ziga qarata oldi. Yuqori tezlikka ega bo'lsa-da, ammo, kamtarligi tufayli top-chempionatga biroz to'g'ri kelmadi.



Zoran Toshich

"Manchester Yunayted"da Toshichga Giggzaning raqibi sifatida qaralgan. Lekin, xattoki, ikki o'yinda maydonga tushib ham, hech qanday o'rinni egallay olmadi.



Gabriel Obertan

Obertan yuqori tezlikka ega futbolchi edi. Lekin jarima maydonchasida birqancha muammolar yuzaga keldi. Raqiblari zarbasiga javob qaytarishga biroz aqli etmadi desak, mubolag'a bo'lmaydi.



Anderson

Navbatdagi iqtidorli futbolchi “Portu” katta miqdorda pul sarflagan lotin-amerikalik Andersondir. Futbolchi MYU rahbariyatiga “ajdaho” tarkibidagi o'yini bilan yoqdi. Yillar mobaynida inglizlar etuk yarim himoyachiga 30 mln evro sarflagani uchun afsuslanmadi. Ammo, braziliyalik u uchun sarflangan pullarni ishlab topishga unchalik shoshmadi. Agar Anderson birinchi mavsumning barcha 24 o'yinida o'ynamaganda, o'sishda to'xtab qolar va vaqt o'tishi sayin butunlay zaxiraga tushib qolishi mumkun edi. Ko'p shikastlanishlar, tarkibda ishtirok etish istagi yo'qligi, bazmlar va spirtli ichimliklarga mukkasidan ketish Old Trafford bilan vidolashuvga olib keldi. Kelgusi ijaralar ham yarim himoyachi faoliyatini jonlantira olmadi.



Fabio

Mankuniyaliklar maydonida akasi Rafael bilan bir vaqtda maydonda namoyon bo'lgan Fabio u bilan deyarli bir xil natijaga erishdi. Ammo, 2011-2012 yilgi mavsumda Rafael Fabioga qaraganda asosiy tarkibda ko'proq ko'rina boshladi. Keyinchalik esa ingliz klubiga to'g'ridan-to'g'ri ijaraga olishga taklif ola boshladi. Aka-uka Nevillarning esa brazilcha talqini kutilgandek natija bermadi.



Bebe

Bebe kambag'al bo'lishiga qaramay, qobiliyati va mehnatsevarligi tufayli katta klublarning etiborini torta oldi. Transfer sarflangan pulni va futbolchining o'ta “sirliligini” inobatga olsak, o'zini butkul oqlamadi. Aytishlaricha, Gollandiyaning PSV klubi uni xatto, tekinga o'z safiga qo'shib olmagan. Bundan tashqari, yosh portugaliyalik “Old Trafford”da paydo bo'lganidan so'ng yulduzga aylandi. Afsuski, katta pul va ko'ngilxushlikning ko'payib ketishi mashg'ulotni ikkinchi darajaga tushurib yubordi.


soccer.ru saytidan Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика